21:51 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Abdullayev Alamafruz

Oʻzimni qahramon deb hisoblamayman - Magnitogorskda 8 kishini qutqargan oʻzbekistonlik

© Foto : Iz lichnogo arxiva Abdullayeva Alamafruza
Jamiyat
Havola olish
248880

Oʻttiz birinchi dekabr kuni Olamafruz Abdullayev namoz oʻqish uchun erta uygʻonadi. Portlash ovozini eshitgach, darhol kiyimini kiyib, koʻchaga yugurib chiqadi. Hali yigit sakkiz kishini qutqarishini bilmaydi. Oʻzbekistonlik yigit Sputnik muxbiriga bergan intervyuda “har bir haqiqiy musulmon shunday qilgan boʻlardi”, – deya javob beradi.

TOSHKENT, 6 yanv  — Sputnik. Oʻtgan yilning soʻnggi kunida mudhish fojia sodir boʻldi. Magnitogorsk shahrining Karl Marks koʻchasida maishiy gaz portlashi oqibatida oʻn qavatli uyning podʼyezdlaridan biri qulab tushdi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, bu holat 39 kishining umriga zomin boʻldi.

Voqea joyiga qutqaruvchilardan oldin oʻzbekistonlik Olamafruz Abdullayev yetib keldi. U yaqin atrofdagi uylardan birida istiqomat qiladi.

Yigit sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi. FVV xodimlariga koʻmaklashdi - vayronalarni tozaladi, yongʻinni oʻchirishga yordam berdi.

Oʻzbekistonlik yigit oʻzini qahramon deb hisoblamaydi.

“Bu holatdan keyin oʻzimni yulduz deb hisoblamayman. Musulmonlar ochiq koʻngil, bagʻrikeng, boshqa odamlarga yordam berishga harakat qilishadi”, - dedi Olamafruz.

Abdullayev Alamafruz
© Foto : Iz lichnogo arxiva Abdullayeva Alamafruza
Abdullayev Alamafruz

Alamafruz Abdullayev Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Termezda kollejda tahsil olgan, keyinchalik Rossiyaga kelgan. Bu yerda yetti yildan beri istiqomat qiladi.

“Toʻgʻrisini aytsam, Rossiya menga yoqadi. Bu yerda koʻp doʻstlarim, togʻalarim yashaydi”, - dedi Olamafruz.

Hozircha u Rossiya fuqaroligini olmagan, biroq rejalashtirmoqda.

Biroq Abdullayev oʻz vatanini unutgani yoʻq.

“Men Oʻzbekiston fuqarosi boʻlganligimdan faxrlanaman. Oʻz mamlakatimni juda yaxshi koʻraman”, - deb qoʻshimcha qildi Abdullayev.

Abdullayev Alamafruz
© Foto : Iz lichnogo arxiva Abdullayeva Alamafruza
Abdullayev Alamafruz

Boʻsh vaqtida esa u “Kudo” kurash sport turi bilan shugʻullanadi. Chelyabinsk viloyatida uchinchi oʻrinni olgan.

Asosiy mavzular