00:18 23 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18
Mujchina sidit u kompyutera

Prezident xorijga chiqib ketgan mutaxassislar roʻyxatini tuzishni buyurdi

© pixabay
Jamiyat
Havola olish
129110

Xorijdagi vatandoshlar salohiyatidan Oʻzbekistonda islohotlarni amalga oshirishda foydalanish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 7 yanv – Sputnik. Vazirliklar va idoralar bir oy ichida chet elda yashaydigan oʻzbekistonlik yetakchi mutaxassislar roʻyxatini tuzishi kerak. Ularning salohiyatidan Oʻzbekistonda islohotlarni amalga oshirishda foydalanish rejalashtirilgan. Bu haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi qarorida aytib oʻtilgan.

“Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jamgʻarmaga: 

  • mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishga yetakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan, chet elda yashaydigan vatandoshlarni jalb etish hamda ularning salohiyatidan foydalanish masalalarini ishlab chiqish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari boʻyicha talab etiladigan mutaxassisliklar roʻyxatini; 
  • ilgari tegishli vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari va tarkibiy boʻlinmalarida ishlagan, hozirda chet elga chiqib ketgan yuqori malakali mutaxassislar roʻyxatini kiritsin”, - deyilgan qaror matnida.

Undan tashqari Oʻzbekiston prezidentining yangi qarorida OAVlar tomonidan Respublikada amalga oshirilayotgan barcha islohotlarni keng yoritib borish tavsiya etilgan.

Ushbu yilning 4 yanvarida eʼlon qilingan Prezident qarorining toʻliq matni bilan quyida tanishish mumkin.

Asosiy mavzular