02:41 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Predsedatel Komiteta po ekologii i oxranы okrujayuщey sredы Zakonodatelnoy palatы - Boriy Alixanov

Oʻzbekistonda yana bir siyosiy kuch maydonga keldi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
1642 0 0

Oʻzbekistonda yana bir siyosiy partiya - Oʻzbekiston ekologik partiyasi paydo boʻldi.

TOSHKENT, 8 yanv – Sputnik. Bugun Oʻzbekistonda yana bir siyosiy kuch paydo boʻldi – Oʻzbekiston Ekologik partiyasi taʼsis etildi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

Oʻzbekiston Ekologik harakatining 250 nafar vakillari ishtirokida Toshkentdagi Xalqaro savdo markazida tashkil etilgan majlisda, Oʻzbekiston Ekologik partiyasini taʼsis etish haqidagi qaror qabul  qilindi. Partiyaning Markaziy Kengashi aʼzolari, Nazorat-taftish komissiyasi aʼzolari saylab olindi.

Delegatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida Oʻzbekiston ekologik partiyasi Ustavi va Dasturi loyihalari hamda sʼyezdda koʻrib chiqilgan boshqa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.Partiyaning ramzlari tasdiqlandi.

Bu Oʻzbekiston siyosiy hayotida muhim yangilik. Shu kunga qadar Respublikada 4ta siyosiy partiya mavjud edi: Oʻzbekiston Xalq-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati).

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Ekologik harakati 2008 yil 2 avgustda tashkil etilgan edi. Keyinchalik Ekoharakat Oʻzbekistonda eng faol jamoat tashkilotlaridan biriga aylandi. Harakatning vakolatxonalari barcha viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasida ochildi. Shuningdek Ekoharakat deputatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidan oʻn beshta oʻrin ajratildi. Ekoharakat rahbari - Alixanov Boriy Botirovich Oʻzbekiston Oliy Majlisi spikeri oʻrinbosari lavozimiga saylandi. 

Asosiy mavzular