23:51 22 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18
Oformleniye vremennoy propiski

Bugundan boshlab ishga qabul qilishda propiska talab qilinmaydi

© Sputnik / Yuliya Chestnova
Jamiyat
Havola olish
187 0 0

Bundan buyon bir viloyatda doimiy roʻyxatda turgan fuqaroni boshqa viloyatda rasman ishga qabul qilish mumkin boʻladi. 

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston hududida bugundan boshlab ishga qabul qilishda doimiy turar joyi ish beruvchi tashkilot joylashgan maʼmuriy hududida boʻlishi talab qilinmaydi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev 9 yanvar kuni imzolagan yangi qonunda aytib oʻtilgan.

Yangi qonunda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksidan ishga qabul qilishda propiska rejimini buzganlik uchun jazolashni nazarda tutuvchi moddalar chiqarib tashlandi yoki oʻzgartirish kiritildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqa qonuniy hujjatlarga ham kerakli oʻzgartirishlar kiritildi.

Demak, bundan buyon bir maʼmuriy hududda doimiy roʻyxatda turgan fuqaroni boshqa hududda rasman ishga qabul qilish mumkin boʻladi. 

Shu bilan bir vaqtda, prezident qarorida ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari haqiqiy boʻlmasa, uni ishga qabul qilishda rad etish mumkinligi ham alohida aytib oʻtilgan.

Prezident qarorining toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Asosiy mavzular