04:55 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
248 0 0

Xavfli retsidivist yoki uyushgan guruh tomonidan tilanchilikka qilishga majburlagan holda, ushbu jinoyat 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

TOSHKENT, 10 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda tilanchilik qilish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun jazo kuchaytirildi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidenti imzolagan yangi qonunda aytib oʻtilgan.

Oʻzbekiston IIBB matbuot xizmatining Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qilishicha, hozirda qonun ijrosini taʼminlash maqsadida ishchi guruh tashkil qilinib, qator tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

Imzolangan qonunga koʻra, aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, bekatlarda, yoʻllarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obʼyektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda soʻrab, tilanchilik bilan shugʻullanish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, –

- ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy kasalliklari, nogironligi boʻlgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar boʻlmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi moddalarni majburan isteʼmol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, –

- eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tilanchilikka jalb etish takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab, boshqa shaxsni giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilishga majburlagan holda sodir etilgan boʻlsa, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda tilanchilik qilish qonun bilan taʼqiqlanishi haqida xabar bergandik.

Asosiy mavzular