09:19 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Abdullayev Alamafruz

Men uning oldidan 6 soat ketmadim - Tojikiston fuqarosini qutqargan oʻzbekistonlik

© Foto : Iz lichnogo arxiva Abdullayeva Alamafruza
Jamiyat
Havola olish
128830

Olamafruz vayronalar ostidan birinchi boʻlib Tojikiston fuqarosini topib oladi.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonlik Olamafruz Abdullayev birinchilardan Tojikiston fuqarosi Shuhrat Ulfatovni vayronalari ostida aniqlab, uni qutqarishga yordam berdi.

Olamafruz Sputnik Tojikistonga vayronlar ostida qolgan fuqarolarni qanday chiqarib olganligini aytib berdi.

Oʻzbekistonlik tojikistonlikni qutqardi

Abdullayev 31 dekabrda erta tongda namoz oʻqish uchun uygʻonadi. Kuchli portlash ovozini eshitgach koʻchaga yugurib chiqadi. Roʻparada joylashgan uy podʼyezdi qulab tushgan ekan. Hech oʻylamasdan 23 yoshli oʻzbekistonlik vayronalar tomon yuguradi.

Qavatlarning birida u yigʻlayotgan ayol bilan bolani koʻrib qoladi. Olamafruz vayronlar ustidan tepaga chiqib, qutqaruvchilar kelishiga qadar pastga tushishga yordam berdi.

Keyin ayollardan biri undan uchinchi qavatda oʻgʻlini qidirishga yordam berishni soʻradi.

Abdullayev vayronalarga qaytib chiqadi va u yerda 26 yoshli tojikistonlik Shuhrat Ulfatovni vayronalar ostida topadi.  

“Shuhratni uchinchi qavatda topdim. Uning oyoqlari beton ostida qolgandi. Men oʻzim uni chiqara olmadim va FVV xodimlari yordamini kutdi”, - dedi Olamafruz.

Shu vaqtda tojikistonlik koʻplab jarohat olgandi.

“Shuhrat hammasini tushunib turgandi. Boshida bir rus tilida gaplashgandik, keyin u tojik ekanligini bilib olganimdan soʻng, biz tojik tilida gaplashishni boshladik. Uning ogʻzidan qon oqayotgandi. Men u bilan birga uyda yana kim boʻlganni soʻradim. U xotini bolalari bilan uydan chiqqanligini aytadi”, - dedi u.

Afsuski, keyinchalik Ulfatovning butun oilasi portlash oqibatida halok boʻlganligi maʼlum boʻldi.

Oʻzbekistonlik yigit Shuhratni taxminan soat 7 da topadi. Biroq, soat 13 da uni vayronalar ostidan chiqarishib, kasalxonaga olib borishadi. Bu vaqt davomida Olamafruz jabrlangan fuqaro bilan birga boʻlgan.

“U juda xavfli joyda boʻlgan, shuning uchun qutqaruvchilar beton devorni yorib tashlashdi. Bunday holatda omon qolish – bu Ollohning moʻjizasi”, - dedi Olamafruz.

Keyin Olamafruz qutqaruvchilar bilan ishni davom ettirdi.

“Men qutqaruvchilarga odamlarni koʻrgan joylarni koʻrsatdim, keyin biz u yerga chiqdik”, -  deb eslaydi Abdullayev.

Keyinchalik u uyning birida yongʻinni oʻchirib, pensionerni qutqardi.

“Biz yana bir nechta kishini vayronalar ostidan chiqardik. Shu kuni men sakkiz kishiga yordam berdim”, - deb qoʻshimcha qildi u.

Abdullayev Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Termezda kollejni tamomlagan. U Oʻzbekiston fuqarosi, kelib chiqishi esa tojik, oʻzbek va tojik tilida erkin soʻzlasha oladi.

Rossiyaga esa sakkiz yil oldin kelgan.

Yigitning yoshi 23da, qurilishda ishlaydi. Boʻsh vaqtida “kudo” sport turi bilan shugʻullanadi.

Ulfatovning amakisi Baxtiyor Sultonov va Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari Olamafruzga minnatdorlik bildirishdi.

Oʻzbekistonlik yigit esa oʻzini qahramon deb hisoblamaydi.

Magnitogorskdagi fojia

2018 yil 31 dekabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida koʻpqavatli uylarning birining podʼyezdi oʻpirilib tushdi.

Favqulodda holat yuz bergach kasalxonaga zudlik bilan besh nafar jabrlanuvchi yetkazildi.

Oradan bir sutka oʻtgach, bino vayronalari uyumlari ostida 11 oylik bolakay topildi va u Moskvaga evakuatsiya qilindi.

Bolakay ahvoli stabil deb baholangan va sogʻligʻida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Qutqaruvchilar esa qoʻl mehnati yordamida uyumlarni tekshirishda davom etishmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ushbu fojiada 39 nafar kishi halok boʻldi.

Asosiy mavzular