Lola Karimova bu asarni bir kechada o‘qib tugatgan: o‘zbek romani tarjima qilindi

© IstagramLola Karimova
Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” romani ingliz tiliga tarjima qilindi.

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. Karimov Fondi atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilish va nashr etish loyihasini amalga oshirdi.

Lola Karimova-Tillyayeva na vruchenii premii The Best Award v Parije - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova LGBT-o‘smirlarga yordam qiluvchi tashkilotni qo‘llab-quvvatladi

Ushbu sovg‘abop nashrning badiiy bezak suratlari taniqli o‘zbek rassomi Bobur Ismoilov tomonidan ishlandi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Abdulla Qodiriy – XX asrning atoqli adibi, ma’rifatparvari va publitsisti. U 1922-yilda yozgan ‘O‘tkan kunlar’ asari bilan o‘zbek milliy romanchilik maktabiga asos soldi. Mazkur asar haqli ravishda o‘zbek adabiyoti durdonasi deya e’tirof etiladi. Yuksak badiiyat namunasi sanalgan roman bir necha avlod o‘zbek kitobxonlarining sevimli asari bo‘lib kelayotgani ham bejiz emas, albatta.

Taassufki, yozuvchining hayoti fojiaviy yakun topdi. Mash’um qatag‘on yillarida Qodiriy “xalq dushmani” degan soxta ayblov bilan qamoqqa olindi va 1938-yilda qatl etildi”, -  deyiladi xabarda.

Lola Karimova-Tillayeva “O‘tkan kunlar” romanini ilk marta o‘qiganida asar qanday taassurot qoldirgani bilan o‘rtoqlashdi:

“O‘tkan kunlar romanini ilk marotaba qo‘lga olganim hali-hamon yodimda. Asar meni shu qadar o‘ziga rom etgan ediki, uni bir kechada o‘qib tugatgan edim. Ushbu muhabbat qissasi meni – o‘sha kezlar 14 yoshda bo‘lgan o‘smir qizni o‘tmish olamiga olib kirdi. Tarixiy davr, turfa qahramonlar taqdiri, xarakteri va hayot tarzini yuksak ijodiy mahorat bilan, batafsil tasvirlagan muallif o‘z asariga umrboqiylik bag‘ishladi, kelgusi avlodlarga ham ota-bobolari kechmishi bilan yaqindan tanishish imkonini tuhfa etdi”.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva)

“Ushbu sovg‘abop nashrni teran ramziy ma’noga ega suratlari bilan bezagan rassom Bobur Ismoilov o‘sha davr nafasini yetkazib bera olgan, deb o‘ylayman. Buning uchun unga alohida minnatdorligimizni izhor etamiz.

Karimov Fondi ko‘magi bilan ushbu kitob Nouveau Monde Editions nomdor fransuz nashriyotida chop etildi.

O‘zbek adibi romani o‘ttizdan ziyod badiiy asarni tarjima qilgan britaniyalik adabiyotshunos va mutarjim Kerol Yermakova tomonidan ingliz tiliga o‘girildi. Tarjimaga Juli Uikenden muharrirlik qildi.

Pamatnik pervomu prezidentu Uzbekistana I. Karimovu otkrili v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova Moskvada ochilgan yodgorlik haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Mazkur nashr Abdulla Qodiriy ijodiy merosini xorij kitobxonlariga yaqindan tanishtirsa ajab emas. Roman xorijlik adabiyot muxlislari ko‘nglidan ham joy oladi, degan umiddamiz”, — deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.

Karimov Fondi tomonidan romanning o‘zbek tilidagi sovg‘abop nashri ham chop etildi. O‘zbekistonlik yoshlar tomonidan mutolaa qilinishi inobatga olinib, kitob lotin alifbosida nashr qilindi.

O‘zbekistonlik va xorijlik adabiyot muxlislari uchun o‘ziga xos tuhfa hisoblangan mazkur ikki nashr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 81-yilligiga bag‘ishlab tayyorlandi.

Amazon internet-do‘konida romanni 22 yevroga xarid qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0