08:56 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Chipsы

Qars-qurs: Oʻzbekistonda chips ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin

© Flickr/ stu_spivack
Jamiyat
Havola olish
144 0 0

Gollandiyaning Kiremko kompaniyasi Oʻzbekistonda kartoshkani yetishtirish va saqlash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazishi mumkin.

TOSHKENT, 11 yanv – Sputnik. BENILYUKS mamlakatlaridagi Oʻzbekiston elchixonasi vakillari va Gollandiyaning Kiremko kompaniyasi vakillari Oʻzbekistonda kartoshka qayta ishlash masalasini muhokama qilishdi, deb xabar qildi "Jahon" axborot agentligi.

Kiremko – dunyoda kartoshka qayta ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya kartoshka pyure, kartoshka fri va chips ishlab chiqarish qurilmalarini tayyorlash va oʻrnatish ishlari bilan shugʻullanadi.

Shuningdek, xorijdagi qoʻshma korxonalarga texnik koʻmak beradi. Rossiya, Hindiston va Xitoyda qoʻshma korxonalarini tashkil qilgan.

Gollandiya kompaniyasi rahbariyati Oʻzbekiston kartoshka yetishtirish uyushmasi bilan hamkorlik qilishni muhokama qilib, Oʻzbekistonda kartoshkani yetishtirish va saqlash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazishga  tayyorligini maʼlum qildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda kartoshkani qayta ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonani yoʻlga qoʻyish masalasi ham muhokama qilindi.

Bir oyda Toshkent umumiy ovqatlanish tarmoqlarida 540 tonna kartoshka fri va 880 tonna kartoshka pyure isʼtemol qilinadi.

Asosiy mavzular