12:39 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Vrach derjit rentgenovskiy snimok

Chet el fuqarolariga pulli asosda tibbiy yordam koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirish kiritiladi

© Gov.uz
Jamiyat
Havola olish
193 0 0

Chet el fuqarolari koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun haqni tasdiqlangan tariflardan oshirilgan miqdorlarda milliy valyuta “soʻm”da toʻlaydilar – deyilgan qaror loyihasida.

TOSHKENT, 11 yanv – Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qoʻyish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

Qaror maqsadi - Oʻzbekiston Respublikasidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy turizm salohiyatini rivojlantirish,  chet el fuqarolariga qulay sharoitlar yaratish.

Hujjat loyihada Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 8 iyundagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qoʻyish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish qoidalarining 20-bandini yangi tahrirda bayon etish taklif etilgan.

“Chet el fuqarolari koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun haqni tasdiqlangan tariflardan oshirilgan miqdorlarda milliy valyuta “soʻm”da toʻlaydilar. Chet el fuqarolari uchun tariflarning oshirilgan miqdori Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Markazlar tomonidan belgilanadi.

Bunda, chet el fuqarolarini tibbiyot muassasasiga jalb qilgan yuridik shaxslarni ragʻbatlantirish shartnomaga muvofiq ushbu mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi” – deyilgan qaror loyihasida.

Hujjat 26 yanvarga qadar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular