08:56 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04

Oʻzbekiston notoʻgʻri ovqatlanishdan oʻlim holatlari darajasi boʻyicha “yetakchi” boʻldi

© Sputnik / Varvara Gertye
Jamiyat
Havola olish
502 0 0

Zararli ovqatlanish odatlari tufayli eng yuqori oʻlim darajasi MDH mamlakatlarida qayd etildi. Muqaddam SSSR tarkibiga kirgan respublikalar reytingda birinchi oʻrinlarni egallashdi.

TOSHKENT, 12 yanv  — Sputnik. Olimlari notoʻgʻri ovqatlanish sabab yuz beradigan oʻlim holatlari darajasi boʻyicha mamlakatlar reytingini tuzdilar. Oʻzbekiston bu reytingda birinchi oʻrinda.

Daily Mail nashri xabariga koʻra, Germaniyadagi Fridrix Shiller nomidagi universitet olimlari 1990 yildan 2016 yilgacha boʻlgan davrda tadqiqot oʻtkazishdi.

Zararli ovqatlanish odatlari tufayli eng yuqori oʻlim darajasi MDH mamlakatlarida qayd etildi.

Oʻzbekiston oʻlim holatlari soni boʻyicha “yetakchi” boʻldi. Qayd etilishicha, mamlakatda yomon ovqatlanish oqibatida har 100 ming kishidan 394 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Ikkinchi va uchinchi oʻrinda Turkmaniston hamda Qirgʻiziston.

Ulardan keyin Ukraina, Moldova, Ozarboyjon, Belarus, Tojikiston va Qozogʻiston joylashdi.

Rossiya har 100 ming kishiga 291ta oʻlim holati koʻrsatkichi bilan oʻntalikni yakunladi.

Gʻarbiy Yevropa notoʻgʻri ovqatlani boʻyicha eng yomon ahvol Germaniyada qayd etildi.

Ispaniya, Isroil va Frantsiya  aholisi eng toʻgʻri ovqatlanishga rioya qiladi. Bu mamlakatlarda har 100 ming kishidan 43-46 inson notoʻgʻri ovqatlanish odatlari tufayli hayotdan koʻz yumgan.

Asosiy mavzular