09:16 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Uzbekskiye vrachi nachali provodit transplantatsiyu stvolovыx kletok

Tibbiyot va davlat-xususiy sheriklik: prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi

Foto: Ministerstvo zdravooxraneniya Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
298 0 0

Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tanlov komissiyasi tasdiqlanadi.

TOSHKENT, 12 yanv  — Sputnik. “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Hujjat bilan sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini va muddatlarini tatbiq etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin:

- xususiy tibbiyot tashkilotlari binolarini qurish va doimiy foydalanish uchun bepul asosda yer uchastkalarini ajratish - doimiy;

- mavjud davlat tibbiyot tashkilotlarini qaytadan qurish, rekonstruktsiya qilish va jihozlash sharti bilan xususiy tibbiyot tashkilotlari obʼyektlari qurish va doimiy foydalanish uchun bepul asosda yer uchastkalari taqdim etish – doimiy;

- xususiy tibbiyot tashkilotlari binolarini qurish va vaqtincha foydalanish uchun bepul asosda yer uchastkalari taqdim etish – kamida 10 yil;

Vrachi-gematologi v Uzbekistane
Foto:Ministerstvo zdravooxraneniya Uzbekistana

- boʻsh turgan davlat mulki obʼyektlarini, shu jumladan faoliyat koʻrsatmayotgan davlat tibbiyot tashkilotlarining bino va inshootlarini maqsadli foydalanish uchun «nol» xarid qiymatida sotish - doimiy;

- davlat tibbiyot tashkilotlarining foydalanilmayotgan, kam foydalaniladigan yoki rekonstruktsiya qilish yoxud kapital taʼmirlashni (qayta jihozlashni) talab qiladigan mavjud bino, inshoot va tibbiy asbob-uskunalarini foydalanish uchun taqdim etish – kamida 10 yil;

- kontsessiya asosida bino qurish yoki rekonstruktsiya qilish, jihozlash uchun mol-mulk va yer uchastkalarini ajratish– 15 yilgacha;

- davlat tibbiyot muassasalarini xususiy sherikka ishonchli boshqaruvga topshirish – 15 yilgacha;

- davlat tibbiyot tashkilotlarining ayrim funktsiyalari yoki xizmatlarini tadbirkorlik subʼyektlariga autsorsing asosida oʻtkazish – 5 yilgacha;

- xususiy tibbiyot tashkilotlarining ayrim funktsiyalari yoki xizmatlaridan davlat tibbiyot tashkilotlarida shartnoma asosida foydalanish – 5 yilgacha;

Davlat–xususiy sheriklik shakliga koʻra, xususiy sherikka quyidagi investitsiya majburiyatlari yuklatiladi:

- davlat tibbiy muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va jihozlash ishlarini bajarish;

- qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan imtiyozli toifadagi va ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlgan shaxslarga imtiyozli toʻlov hajmlarida  yoki bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish;

- davlat tibbiy muassasalari uchun yordamchi funktsiyalarni, shuningdek davolash-profilaktika xizmatlarining sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilangan alohida turlarinikoʻrsatish;

- davlat–xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda koʻzda tutiladigan boshqa majburiyatlar.

Qaror loyihasiga Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni tashkil etish toʻgʻrisida nizom ilova qilingan.

“Xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tibbiy  faoliyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya asosida amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun tanlov ochiq turda oʻtkaziladi va barcha yuridik shaxslar qatnashishi mumkin.

Asosiy mavzular