23:36 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
612 0 0

“Afgʻoniston – Pokiston” temir yoʻli qurillishi qiymati 5 milliard dollarga baholanmoqda.  

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Afgʻoniston bilan Pokistonni bogʻlab turuvchi temir yoʻl qurilishi qiymati 5 milliard dollarga baholandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Ushbu loyiha qurilishi qiymati taxminan 5 milliard dollarni tashkil qiladi. Bu dastlabki hisob-kitob boʻyicha, unga hali aniqlik kiritilishi mumkin”, - dedi Oʻzbekiston delegatsiyasi vakili Samarqandda boʻlib oʻtgan “Hindiston – Markaziy Osiyo” vazirlar anjumanida.

Habarda aytilishiga koʻra, “Mozori Sharif – Qobul – Peshavar” temir yoʻli uzunligi 573 kilometrni tashkil qiladi. Temiryoʻl tarkibida 18 kilometr koʻpriklar, umumiy uzunligi 70 kilometr boʻlgan 7ta tunnel ham boʻladi. Yangi temiryoʻldan yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish mumkin boʻladi.

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" xabariga ushbu temir yoʻl boʻylab yuqori voltli elektr uzatish liniyasi ham qurilishi rejalashtirilgan. Xususan, yangi liniya “Surxon — Puli-Xumri — Doshi — Surabay — Djlelalabad — Peshavar” yoʻnalishi boʻylab oʻtadi va temiryoʻlni elektrlashtirish imkonini beradi.

Asosiysi, kelajakda “Mozori-Sharif — Qobul — Peshavar” temiryoʻli Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan boshlanib, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya va Yevropagacha boʻlgan global transport koridoriga aylanishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston va Pokiston temiryoʻl kompaniyalari rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Unda “Mozori-Sharif — Qobul — Peshavar” temiryoʻli qurilishi boʻyicha qoʻshma ishchi guruh hamda moliyaviy konsortsium tashkil qilish havqida kelishib olingan edi.

Undan tashqari Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga boʻlgan tashrifi davomida “Mozori Sharif – Shibergan – Maymana – Hirot” yoʻnalishida, uzunligi 760 kilometr boʻlgan yana bir temiryoʻl qurilishi haqida kelishib olingan edi. Bu yoʻnalish esa Oʻzbekiston yuklarini toʻgʻri Eron portlariga olib chiqishi mumkin.

Asosiy mavzular