19:31 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
V Respublikanskom spetsializirovannom nauchno-prakticheskom meditsinskom tsentre onkologii i radiologii sostoyalos otkrыtiye radioterapevticheskogo kompleksa kompanii Elekta Infinity

Germaniya bilan hamkorlikda zamonaviy onkologik markaz ochiladi

Press-slujba Minzdrava Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
84 0 0

Oʻzbekistonda qiymati 50 million yevro boʻlgan onkologik markaz ochiladi hamda Germaniyada shifokorlarning malakasini oshirish imkoni paydo boʻladi.

TOSHKENT, 17 yanv –Sputnik. Oʻzbekistonda Germaniya bilan hamkorlikda qiymati 50 million yevro boʻlgan onkologik markaz ochildi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.

“Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda OPASCA German Oncology Solutions GmbH tomonidan 50 million yevro qiymatidagi eng soʻnggi texnologiya va jihozlar bilan taʼminlangan, zamonaviy klinika bunyod etish yuzasidan kelishuv imzolandi”, - deyilgan xabarda.

- Natijasida oʻta ogʻir, murakkab va gumonli holatlarga ham aniq tashxis qoʻyish va samarali davolash imkoni yuzaga keladi. Muhimi, ushbu zamonaviy shifoxonada germaniyalik yetakchi mutaxassis va olimlar doimiy asosda ishlaydi, – deydi Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov.

Bundan tashqari, Mangeym universiteti klinikasi professorlari tomonidan oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Shu tariqa mamlakatimiz tarixida birinchi marotaba tibbiyotning barcha yunalishlari boʻyicha Germaniyaning eng ilgʻor tibbiyot markazida mutaxassislarimizni muntazam tayyorlash hamda malaka oshirish tizimiga asos solindi, - deylgan xabarda.

Maʼlumki, Germaniya tibbiyoti eng rivojlangan davlatlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, onkologiya yoʻnalishida koʻplab yutuqlarga erishgan. Bu borada profilaktika, kasallikni erta aniqlash, yuqori texnologik davolash hamda reabilitatsiya borasida katta natijalarni qoʻlga kiritgan.

Asosiy mavzular