13:16 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Laborantka provodit analiz krovi na VICH-status. Arxivnoye foto.

Oʻzbekistonda sunʼiy urugʻlantirishga ruxsat berilishi mumkin

© Sputnik / Said Tsarnayev
Jamiyat
Havola olish
575 0 0

Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari Oʻzbekistonda sunʼiy urugʻlantiish texnologiyalarini kiritish haqidagi qonun loyihasini muhokama qilishmoqda.

TOSHKENT, 23 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari respublikada sunʼiy urugʻlantiish texnologiyalarini kiritish haqidagi qonun loyihasini taklif qilishdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Sunʼiy urugʻlantirish haqidagi qonun loyihasi, Oʻzbekistonda ilk bor muhokama qilinmoqda va u ayrim tabiiy yoʻl bilan farzand tugʻilishida muammoga duch kelayotgan oilalarning farzandli boʻlishiga koʻmaklashishga qaratilgan.

Deputatlar taklif qilayotgan yangi qonun loyihasida, Oʻzbekistonda zamonaviy reproduktiv texnologiyalarni qoʻllashni nazarda tutgan. Xususan, ekstrakooporal urugʻlantirish (EKO) hamda tuxumhujayralar orasidan sogʻlomini tanlab olish kabi yordamchi texnologiyalarni qoʻllashni nazarda tutilgan.

Ushbu qonun loyihasi bir necha siyosiy partiya aʼzolari tomonidan qizgʻin muhokama qilinmoqda. Muhokamalar natijasida unga ayrim qoʻshimcha va oʻzgarishlar  kiritilgan. Shuningdek, undan baʼzi surrogat onalik, embrion donorligi va turli maʼnoda talqin qilinishi mumkin boʻlgan ayrim boʻlimlar ham olib tashlangan.

Ayni damda qonun loyihasa muhokama qilib qoʻshimcha taklif va mulohazalar bilan boyitilmoqda.

Asosiy mavzular