03:07 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Pri regionalnыx Komitetax jenщin sozdayutsya Tsentrы reabilitatsii jenщin, postradavshix ot nasiliya

Oʻzbekistonda zoʻrlikdan jabr koʻrgan ayollar uchun moslashtirish markazlari soni 155 tadan oshdi

Press-slujba Komiteta jenщin Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
107 0 0

Markazlar joylashgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida sir tutiladi.

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari huzurida 155 dan ortiq zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish Markazlari (shelterlar) tashkil etildi, deb xabar qildi Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati.

“Markazlarda zoʻravonlik qurboniga aylangan ayollar uchun shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam koʻrsatish, zarurat boʻlganda, ularga qoʻshimcha yordam koʻrsatish ishlari tashkil etilgan”, - deyiladi xabarda.

Ogʻir ahvolda qolgan ayollarga yordam berish maqsadida Respublika doirasida yagona qisqa raqamli “1146” "ishonch telefoni" ishga tushirilgan. Murojaatchining shaxsi va murojaati sir saqlanishi kafolatlanadi.

Pri regionalnыx Komitetax jenщin sozdayutsya Tsentrы reabilitatsii jenщin, postradavshix ot nasiliya
Press-slujba Komiteta jenщin Uzbekistana
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish Markazlari (shelterlar) tashkil etildi.

Shuningdek, shelterlar joylashgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida sir tutiladi.

Avvalroq Oʻzbekistonda 30 mingdan ziyod oila ajrashishga ariza bergani haqida xabar bergandik.

Asosiy mavzular