10:06 23 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Sardor Umurzakov

“Oʻzcharmsanoat” rahbari investitsiyalar va tashqi savdo vaziri boʻldi

© Uzcharmsanoat
Jamiyat
Havola olish
147 0 0

“Oʻzcharmsanoat” assotsiatsiyasi rahbari Sardor Umurzakov yangi tashkil qilingan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbari boʻldi.  

TOSHKENT, 28 yanv – Sputnik. “Oʻzcharmsanoat” assotsiatsiyasi rahbari Sardor Oʻktamovich Umurzakov Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda Assotsiatsiya matbuot xizmati.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29 yanvardagi qaroriga asosan shu vaqtga qadar “Oʻzcharmsanoat” assotsiatsiyasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Umurzakov Sardor Uktamovich Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Investitsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston Davlat qoʻmitasi hamda Tashqi savdo vazirligining qoʻshilishi hisobidan tashkil qilingan.

Sardor Umurzakov boshchiligida “Oʻzcharmsanoat” Assotsiatsiyasi 2017-2018 yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. Xususan eksport hajmi 50 %ga oshib, Oʻzbekistonga poyabzal importi 2 baravar kamaygan. Ayni damda sohada 100dan ortiq sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Sardor Umurzakov 1977 yilda tugʻilgan, Toshkent Iqtisodiy universitetini yakunlagan. Buyuk Britaniyadagi Reding universitetida magistraturani yakunlab YEBRR hamda Oʻzbekiston moliya tizimlarida bir necha yil ishlagan.

Asosiy mavzular