O‘ch olish, rashk va meros mojarosi: O‘zbekistonda maishiy qotilliklar sabablari va statistikasi

© SputnikUbiystvo nojom
Ubiystvo nojom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilda ayollar tomonidan o‘z erini o‘ldirish holatlari ikkitaga oshdi

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan yilda 432ta qotillik jinoyati ro‘yxatga olindi. Bu 2017-yilgi (519ta) ko‘rsatkichdan 16,8 % pasayganini anglatadi, deb bayonot qildi chorshanba kuni o‘tkazilgan brifing davomida general-mayor Qutbiddin Burxonov.

O‘zbekistonda qotillik va bezorilik jinoyatlari kamaydi

Shundan oila-turmush darajasidagi qotilliklar ko‘rsatkichi 2017-yilda 199 tani, 2018-yilda esa 160tani tashkil etgan.

Xususan, o‘ch olish maqsadida 2017-yilda 13ta qotillik sodir bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan 2018-yilda 9ta qotillik ro‘yxatga olingan.

Rashk tufayli (er-xotin bir-birini rashk qilishi oqitabida) 2018-yilda 22 ta qotillik sodir etilgan va 2taga kamayishi erishilgan.

Yaqin qarindoshlar (aka-uka, opa-singillar) o‘rtasida ota-ona o‘tganidan so‘ng mol-mulk talashish natijasida 2018-yilda 9ta jinoyat ro‘yxatga olingan bo‘lib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 6taga ko‘p.

2017 yilda 3ta qotillik jinoyati sodir etilgan bo‘lsa, 2018-yilda 9ta jinoyat ro‘yxatga olingan. 

Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli sodir bo‘lgan qotilliklar soni: 2017-yilda 106ta bo‘lib, 2018-yilda 86tani tashkil qilgan.

Boshqa turli sabablarga ko‘ra yaqin qarindoshlar ichida sodir etilgan qotilliklar: 2017-yilda 53ta ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2018-yilda 34ta qayd etilgan.

Yunusoboddagi yerosti yo‘lagida sodir etilgan qotillik tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Er tomondan o‘zining qonuniy turmush o‘rtog‘ini o‘ldirganlik holatlari 2017 va 2018-yillarda bir xil 62ta qayd etilgan.

Xotin tomonidan erni o‘ldirish holati 2017-yilda 10ta bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilda 12ta ro‘yxatga olingan.

Qo‘shnilar o‘zaro janjal tufayli bir-birini o‘ldirganlik holati 2018-yilda avvalgi yilga nisbatan 5taga kamaygan - ya’ni 5ta qayd etilgan.

Aka-ukalar o‘rtasida qotillik holati 2018-yilda 15ta qayd etilgan bo‘lib, bu 2017-yilgiga nisbatan 10taga ko‘pdir.

Yaqin qarindoshlar ichida bir-biriga nisbatan qodir qilingan qotillik 2017-yilda 112ta, o‘tgan yilda 66tani tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0