17:50 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Oʻzbekistonda sobiq mahbuslarning 88 foizi ish bilan taʼminlandi - Qutbiddinov

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Jamiyat
Havola olish
28911

Bugungi kunda Oʻzbekistonning har 100 ming aholisiga 140 nafar mahbus toʻgʻri keladi. Ushbu koʻrsatkich 2017 yil bilan taqqoslaganda 10%dan ortiqqa pasaygan. Ushbu kamayish mamlakatda jinoyatchilik darajasi pasayishi bilan bogʻliqdir

TOSHKENT, 30 yanv - Sputnik. 2018 yilda jazoni ijro etish koloniyasidan ozod qilinganlarni 88%i ish bilan taʼminlandi, deb bayonot qildi chorshanba kuni Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi general-mayor Qutbiddin Burhonov.

"Bu kabi ishlar shu paytgacha Oʻzbekistonda boʻlmagan. Oʻtgan 2018 yildan boshlab ichki ishlar idoralari xodimlari ozodlikdan mahrum boʻlgan joylardan chiqqandan keyin ularni ishga joylashtirish va ularning maishiy masalalarini ham hal qilib kelmoqda", - deya tushuntirdi IIV vakili.

Taʼkidlanishicha, mahbuslarning 24%ga moddiy yordam koʻrsatilgan, 2018 yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar49,1 %ga kamayishiga erishilgan.

Brifingda berilgan maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonning har 100 ming aholisiga 140 nafar mahbus toʻgʻri keladi. Ushbu koʻrsatkich 2017 yil bilan taqqoslaganda 10%dan ortiqqa pasaygan. Ushbu kamayish mamlakatda jinoyatchilik darajasi pasayishi bilan bogʻliqdir.

Oʻzbekiston IIV jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbari Jamshid Sultanovga koʻra, jazoni ijro etish joylarida jazo muddatini oʻtayotgan har 30 chi mahbus - ayol kishidir.

Asosiy mavzular