02:27 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Ice City sportivno-razvlekatelnыy tsentr

Toshkentda ilk bor xokkey chempionati boʻlib oʻtadi

© UzA
Jamiyat
Havola olish
261 0 0

Toshkentdagi yangi qurilgan “Ice City” sport-koʻngilochar maskanida 1 fevral kuni Oʻzbekiston tarixida birinchi bor xokkey chempionati boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Toshkent markazida yangi qishgi koʻngilochiar oʻyinlar markazi ochildi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

“Ice City” sport-koʻngilochar maskanining  maydoni 16 000 m2 boʻlib, bu yerda sunʼiy qor bilan qoplangan ulakn hududdan tashqari, umumiy maydoni 1 800 m2 boʻlgan muz maydoni hamda Olimpiya standartlariga mos keladigan xokkey maydonchasi barpo etilgan.

Majmuaning rasmiy ochilish marosimi 1 fevralga moʻljallangan. Shu kuni Ays Sitida Oʻzbekiston tarixida birinchi bor xokkey chempionati boʻlib oʻtadi.

“Koʻp tarmoqli “Xumo Arena” muz saroyi yoki “Ays Avenyu” sport-sogʻlomlashtirish majmualaridan farqli oʻlaroq ushbu muz shaharchasida siz nafaqat qishki sport turlari (xokkey va figurali uchish) bilan shugʻullanishingiz, balki miriqib hordiq chiqarishingiz mumkin”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda Oʻzbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qishgi sportlar bilan shugʻullanishga moʻljallangan “Xumo Arena”  muz saroyi qurish tashabbusi oldinga surilgan edi. Shundan soʻng Oʻzbekistonda Xokkey sporti federatsiyasi ham tashkil qilingan edi.

Asosiy mavzular