GM Uzbekistan kafolat muddatini 3-yilgacha uzaytirdi

© Sputnik / Valeriy MelnikovAvtosalon
Avtosalon  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kafolat muddati davomida aniqlangan nuqsonlar – kompaniya tomonidan bepul bartaraf etiladi.

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. 2019-yilning 1-fevralidan e’tiboran GM Uzbekistan avtomobillarga kafolatli xizmat ko‘rsatish  muddatini 3-yilgacha uzaytirdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Endi ushbu muddat 3-yil yoki 100 000 kilometr masofani o‘z ichiga oladi. Avval — 1-yil yoki 20 000 kilometr masofani tashkil qilgan”, - deyilgan kompaniya xabarida.

Uzaytirilgan kafolat muddati kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 2019-yilning 1-fevralidan boshlab xarid qilinadigan avtomobillarga tadbiq etiladi.

Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan avtomobillari QQSdan ozod qilinadi

Shuningdek, kafolat muddati avtomobilning egasi bilan bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni ushbu davr mobaynida avtomobil egasi o‘zgarsa, uning yangi egasi ham ushbu kafolat huquqidan foydalana oladi.  

Avtomobildan noto‘g‘ri foydalanish, avariya, avtomobilning konstruksiyasi va modifikatsiyasiga o‘zgartirish kiritish yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilmaydigan qo‘shimcha ishlov berilishi yoki jihozlanishi tufayli nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda - kafolat davri cheklanadi. 

Kafolat muddati davomida avtomobilning ishlab chiqaruvchi tomonidan aniqlangan nuqsoni bor qismlarini ta’mirlab berish yoki almashtirish rasmiy xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bepul amalga oshiriladi.

Buning uchun esa avtomobil egasidan avtomobilning ekspluatatsiyasi bo‘yicha barcha shartlar yo‘riqnomaga asosan bajarilgan bo‘lishi talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0