13:18 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Proyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka

Milliy universitet hududida obodonlashtirish boshlandi

© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent.
Jamiyat
Havola olish
157 0 0

Universitet binosi atrofidagi panjaralar olib tashlanib, piyodalar va velosiped yoʻlaklari, qulay oʻrindiqlar qurilmoqda.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda talabalar shaharchasi hududlarida keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlandi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Shaharsozlik talablariga javob beradigan, zamonaviy arxitekturaga mos piyodalar yoʻlaklari, maxsus velosiped yoʻllari, avtomashinalar uchun esa 400 oʻrinli avtoturargohlar barpo etilmoqda.

Proyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka
© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent.
Proyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka

5600 kv.metr avtomobil yoʻllari asfalt qilinib, avtomototransportlar qatnovi chegaralanadi, 11 ming kv.metrga yashil maysalar yotqiziladi,  1,800 p/metr irrigatsiya tarmoqlari yangilanadi.  

Talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, zamonaviy oʻrindiqlar oʻrnatiladi. Universitet rahbariyati tomonidan bino hududidagi himoya panjaralari olib tashlandi.

“Olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari sabab vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun Toshkent shahar hokimligi uzr soʻraydi. Ushbu qurilish ishlari 15 kun muddatda yakunlanadi”, - deyilgan xabar soʻnggida.

Proyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka
Press-slujba xokimiyata g. Tashkent
Proyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka

Asosiy mavzular