19:21 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
76910

Oʻzbekiston poyezdlarining eng katta tezligi 255 km/soatni tashkil qiladi. Operatsion tezlik esa 250 km/soat.

TOSHKENT, 3 fev - Sputnik. Oʻzbekiston eng tezyurar poyezdlarga ega boʻlgan mamlkatlar renytingidan oʻrin oldi, deb xabar qilmoqda GoEuro nashri.

Xabarda aytilishiga koʻra, Global High-Speed Train  reytingida Oʻzbekiston Norvegiya, AQSH, Finlyandiyadan ham oldinga oʻtib 17 qatordan joy oldi.

Reytingni tuzishda, poyezdlarning eng katta tezligi, operatsion tezligi, mamalkatning temirllar tarmogʻi uzunligi  hamda aholining 1 km yoʻlga qiladigan xarajati kabi koʻrsatgichlar hisobga olingan.

Reytingning eng yuqori qatoridan Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy oʻrin olgan. Rossiya 15 qatorda joylashgan.

Nashrda yozilishiga koʻra Oʻzbekiston poyezdlarining eng katta tezligi 255 km/soatni tashkil qiladi. Operatsion tezlik esa 250 km/soatni tashkil qiladi. Oʻzbekiston temiryoʻl infratuzilmasida tezyurar poyezdlar ulushi 8,21 %ni tashkil qiladi.

Asosiy mavzular