00:56 22 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Avtobus

Toshkent – Bishkek avtobus qatnovi qayta tiklandi

© Sputnik / Aleksandr Vilf
Jamiyat
Havola olish
313 0 0

Ayni damda Qirgʻiziston va Oʻzbekiston transpor vazirliklari yangi jadvalni muvofiqlashtirishmoqda.

TOSHKENT, 3 fev - Sputnik. “Toshkent – Bishkek” avtobus qatnovi, 1 fevraldan kuchga kirgan jadvalga muvofiq, qayta tiklandi, deb xabar qilmoqda 24.kg  nashri Qirgʻiziston Transport va yoʻllar vazirligi xabariga asosan.

“Yangi jadval oʻzaro muvofiqlashtirilguniga qadar “Toshkent – Bishkek” qatnovi amalga oshirilishda davom etadi. Ayni damda transpor vazirligi Oʻzbekiston avtomobil transporti vazirligi bilan yangi jadvalni muvofiqlashtirmoqda” – deyilgan xabarda.

Shuningdek, Qirgʻiziston transport vazirligi Qozogʻiston infratuzilma va rivojlanish vazirligi bilan “Toshkent – Bishkek” qatnovining Qozogʻiston hududidan tranzit oʻtishi borasida muzokaralar oʻtkazgani va tomonlar ushbu yangi jadvali boʻyicha konsensusga erishgani xabar qilingan.  

Eslatib oʻtamiz, fevral oyining boshida yangi jadval Qozogʻiston tomonidan tasdiqlanmagani tufayli, ushbu avtobus qatnovi vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Asosiy mavzular