Pishgan guruchni uzoq saqlash sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Asatur YesayantsPasxalniy stol
Pasxalniy stol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pishgan guruch bir sutkadan ortiq saqlanganda uning ichida bakteriya va toksinlar ko‘payib ketishi mumkin.

TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Pishgan guruchni xona haroratida uzoq saqlaganda unda xavfli bakteriyalar paydo bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi avstraliyalik olimlar, Nature Microbiology jurnali xabariga asosan.

“Gap tabitda kam tarqalgan Bacillus cereus bakteriyalari haqida ketmoqda. Ushbu bakteriyalarning sporalari (tuxumlari) yuqori haroratli sovuq va issiqa chidamli bo‘lib, uzoq vaqt qaynatilgan guruch, sut va ayrim sabzavotlarda ham saqlanib qolishi mumkin. Xona haroratida esa 12 soat ichida rivojlana boshlaydi”, - deydi Avstraliya Milliy universiteti biotexnologi Anukriti Matur.

Ushbu bakteriyalar ba’zi hollarda og‘ir zaharlanish holatigaolib kelishi mumkin. So‘ngggi yillarda ovqatdan mana shunday zaharlanish holatlari oshib bormoqda. Alohida hollarda bunday zaharlanish  inson jigariga katta zarar yetkazishi mumkin.

Bacillus cereus bakteriyalari ayniqsa homilador ayollar, yosh bolalar va immuniteti past bo‘lgan odamlar uchun juda xavfli.

Shu sababdan olimlar va shifokor- gastroenterologlar qaynatilgan guruchnining ichda bakteriya va toksinlar ko‘payib ketmaslig uchun, bir sutkadan ortiq saqlamaslikni maslahat berishadi.  

Yangiliklar lentasi
0