08:47 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
131 0 0

"Toshkent - Buxoro" yoʻnalishida harakatlanuvchi "Afrosiyob" tezyurar poyezdi 2 fevraldan boshlab Jizzaxda toʻxtab oʻtishni boshladi.

TOSHKENT, 04 fev - Sputnik. "Toshkent - Buxoro" yщnalishida harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdi jadvaliga oʻzgartirish kiritildi deb xabar qilmoqda "Oʻzbekiston temir yoʻllari".  

“2019 yil 2 fevraldan boshlab,Toshkent-Buxoro-Toshkent yoʻnalishida yuqori tezlikda harakatlanayotgan №762/761 “Afrosiyob” poyezdlari Jizzax vokzalida 2 daqiqa toʻxtashi yoʻlga qoʻyildi”, - deyilgan xabarda.

Shunday qilib, 2 fevraldan boshlab “Toshkent – Buxoro” yoʻnalishida harakatlanuvchi №762 “Afrosiyob” tezyurar poyezdi 07:28da Toshkentdan joʻnab 08: 54 Jizzaxga, 09:42da Samarqandga, 10:40da Navoiyga hamda 11:19 da Buxoroga yetib boradi.

“Buxoro-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanuvchi №761 “Afrosiyob” poyezdi esa,  Buxorodan  saot 15:50 da joʻnab, 16:27da Navoiy vokzaliga, 17:20da Samarqand vokzaliga, 18:14 da Jizzaxga  va 19:44 da Toshkent Markaziy vokzaliga kirib keladi.

Ushbu oʻzgarishdan asosiy maqsad, Oʻzbekistonda turizmni yanada rivojlantirish, tashrif buyurayotgan sayyohlar hamda investorlarga keng qulayliklar yaratish, qolaversa barcha yoʻlovchilarga sifatli transport hizmatlarini koʻrsatish, bundan tashqari koʻp sonli yoʻlovchilarning talab va istaklarini amalga oshirishdir, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular