06:37 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Alisher Sultanov - Predsedatel pravleniya NXK Uzbekneftegaz

Alisher Sultonov energetika vaziri etib tayinlandi

Mejdunarodnыy press-klub
Jamiyat
Havola olish
48600

Yangi tashkil qilingan energetika vazirligi respublikaning yonilgʻi-energetika majmuasiga bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni boshqaradi.

TOSHKENT, 4 fev – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Alisher Sultonovni bosh vazir oʻrinbosari lavozimidan ozod etib energetika vaziri lavozimiga tayinladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Alisher Saidabbosovich Sultonov, prezident farmoniga asosan, bosh vazirning geologiya, yonilgʻi-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan bir vaqtda,  prezident Sultonovni yangi tashkil qilingan  energetika vazirligiga rahbar etib tayinladi.

Xabarda aytilishiga koʻra, energetika vazirligiga zimmasiga respublikaning yonilgʻi-energetika majmuasiga bogʻliq boʻlgan barcha masalalar topshiriladi. Oldin ushbu sohani bir necha kompaniyalar boshqarar edi: "Oʻzbekenergo", "Oʻzbekneftegaz" va "Oʻzbekgidroenergo".

Alisher Sultonov 2017 yilning 1 noyabridan boshlab “Oʻzbekneftgaz” AJ raisi lavozimiga tayinlangan edi. 2018 yilning sentyabrida esa oʻz lavozimidan ozod qilingan edi.

Asosiy mavzular