08:51 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
649 0 0

IIBB Xontoʻrayevning pichoqlanishi yuzasidan hibsga olinganlar haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 4 fev – Sputnik. Toshkent shahar IIBB Xontoʻrayevning pichoqlanishi yuzasidan hibsga olinganlar haqida maʼlumot berdi.

 Xabarda aytilishicha, ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Keyinroq vaziyatni hisobga olib, jinoiy ish moddalari qayta tavsiflanib, 164-moddaning 4-qismi “v” bandiga (bosqinchilik) oʻzgartirilgan. Gumonlanuvchilar 2018 yilning noyabr-dekabr oylari davomida hibsga olingan.

Mazkur jinoyatga boshqalarning aloqasi borligi yuzasidan tekshiruvlar davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning 26 noyabr kuni oʻzbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Murod Xontoʻrayev Toshkent savdo majmuasida joylashgan ofisida pichoqlab ketilgandi.
 

Asosiy mavzular