Hukumat apparati tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasi tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Kabineta ministrov Uzbekistana
Zdanie Kabineta ministrov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan quyidagi tuzilmalar tasdiqlandi:

- Bosh vazirning kotibiyati, protokol xizmati va matbuot xizmati;

- Hukumatning Oliy Majlisdagi Vakolatli vakili kotibiyati;

- Xalqaro hamkorlik bo‘limi;

- Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi;

- Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati;

- Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;

- Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari kotibiyatlari;

- Hukumat apparati boshqaruvchisi, uning o‘rinbosarlari, kotibiyatlari va Hukumatning funksional bo‘linmalari.

Yangiliklar lentasi
0