Tibbiyot xodimiga tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

© Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniya UzbekistanaMeditsinskie rabotniki
Meditsinskie rabotniki  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur jinoyatni sodir etishda aybdor, deb topilganlar uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. 29-yanvar kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Meditsinskiy rabotnik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiyaning eng nomdor tibbiyot oliygohlari bo‘limlari ochilmoqda

Ta’kidlanishicha, mazkur loyiha bilan o‘z xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga bemor va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi yoki ularga tan jarohati yetkazilishidan iborat qilmishlarni Jinoyat kodeksining bezorilik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi 277-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish hamda ushbu harakatlarni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholash taklif etilmoqda. 

“Afsus bilan aytish kerakki, bugungi kunda bemorning o‘limi yoki sog‘lig‘i holati yomonlashishida biror-bir aybi bo‘lmasa-da, shifokorni ayblash va unga noqonuniy tajovuz qilish holatlari ko‘payib ketmoqda. Oxirgi paytlarda bunday g‘ayriqonuniy tajovuz aks etgan tasvirlar turli ijtimoiy tarmoqlarda uchrashi holatlari ko‘payib qoldi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda keltirilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan kiritilayotgan loyihada Jinoyat kodeksining bezorilik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi 277-moddasi uchinchi qismiga qo‘shimcha band (jinoyatning o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilishi) kiritish taklif etilmoqda. Ushbu bandda nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor, deb topilganlar uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0