20:41 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Ruslan Aushev

General-leytenant Aushev Oʻzbekiston veteranlaridan vatan himoyasida ogoh turishni soʻradi

Sputnik/Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
756 0 0

"Agar qayerdadir kichik boʻlsa-da, "qoʻngʻiroq jiringlasa" sizlar birinchilardan boʻlib mamlakat rahbari bilan birgalikda oʻz davlatingiz suverenitetini himoya qilish uchun oyoqqa turishingiz shart", deya maslahat berdi Ruslan Aushev

TOSHKENT, 5 fev - Sputnik. "Jangovar qardoshlik - behudud" xalqaro ittifoqi oliy kengashi aʼzosi, general-leytenant Ruslan Aushev Toshkentga tashrifi davomida Oʻzbekiston hukumatidan afgʻon urushi qatnashchilariga eʼtiborli boʻlishni va oʻz navbatida veteranlarning oʻzidan vatan himoyasida ogoh turishni soʻradi.

Aushev bugungi kunda SSSR armiyasi tarkibida Afgʻonistonga kirib borgan ofitserlarning oʻrtacha yoshi 58 ni tashkil etishini taʼkidlab, Oʻzbekiston rasmiylaridan ularga nihoyatda eʼtiborli boʻlishni soʻradi.

"Bugun ularga mashina yoki mebel kerak emas. Bugun ularning hayoti sifatini yaxshilash kerak. Bu - yashash sharoiti, tibbiy muolajalar va turli ijtimoiy masalalardir. Chunki ular bunga loyiq. Eʼtibor bering, Oʻzbekiston - sobiq ittifoq davlatlari orasida afgʻon veteranlaridan boshqa veteranlar mavjud boʻlmagan kamsonli mamlakatlar qatoriga kiradi", - dedi Aushev.

Ingushetiyaning sobiq prezidenti MDH mamlakatlarida Donbass veteranlari, Karabax veteranlari, Gruziyadagi urush veteranlari borligini qoʻshimcha qildi va Oʻzbekiston jangchi-veteranlariga qarab, "sizlar esa agar hammasini toʻgʻri bajarsangiz, oʻz vatanida millatlararo mojaroga yoʻl qoʻymagan oxirgi veteranlar boʻlasizlar, men shunday deb oʻylayman", dedi.

"Agar qayerdadir kichik boʻlsa-da, "qoʻngʻiroq jiringlasa" sizlar birinchilardan boʻlib mamlakat rahbari bilan birgalikda oʻz davlatingiz suverenitetini himoya qilish uchun oyoqqa turishingiz shart", deya maslahat berdi Aushev.

General-leytenantning ushbu nasihatli soʻzlari tadbir ishtirokchilari tomonidan gulduros qarsaklar bilan qarshi olindi.

Asosiy mavzular