O‘zbekistonda nikoh shartnomasi majburiy bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishBrakosochetanie
Brakosochetanie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nikoh shartnomasi oilani mustahkamlaydi, agar ajralishga to‘g‘ri kelsa - ko‘plab mojarolardan saqlab qoladi.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. O‘zbekistonda kelajakda nikoh shartnomalari barcha yangi tuzilayotgan oilalar uchun majburiy bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Narodnoe slovo” nashri.

Molodojeni. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda nikoh yoshi oshirilishi mumkin

Shartnomani majburiy qilish haqidagi qonun loyihasini O‘zbekiston oila kodeksiga kiritish tashabbusi bilan “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi mutaxassisi Gulnora Ishanxanova chiqdi.

Ishanxanova fikriga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar oila munosabatlari sohasida ham qonunchilikni takomillashtirishni talab qiladi. 

Xususan, nikoh shartnomalari orqali nafaqat mol-mulk masalalari, balkim oilada bir tomonni diskriminatsiya qilishni, uchinchi tomonning oila ishlariga aralashishni oldini olish hamda bola tarbiyasida ikkiala tomon majburiyatlarini aniq belgilab olish uchun uni majburiy tartibda imzolash maqsadga muvofiq bo‘lar edi, deb hisoblaydi mutaxassis.

“Agar nikoh shartnomasi ikkala tomonning ham huquq va erkinliklarini hisobga oladigan bo‘lsa, u muhabbatni va oilani buzmaydi. Aksincha - ularni mustahkamlaydi. Agar ajralishga to‘g‘ri kelsa – ko‘plab mojarolardan saqlab qoladi va oila a’zosini himoya qilish imkonini beradi. Buni men o‘zimning huquqshunoslik tajribamdan kelib chiqqan holda aytayapman”, - deydi Gulnora Ishanxanova.

Ayni damda O‘zbekistonda nikoh shartnomasi yozma ravishda imzolanib notarius tomonidan tasdiqlanishi kerak. Shartnomada ko‘plab masalalar: mol-mulkni taqsimlash, oila xarajatlarini ko‘tarish va boshqa masalalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Nikoh shartnomasi faqat o‘zaro rozilik asosida bekor qilinishi mumkin. Bir tomon xoxishiga ko‘ra bekor qilinmaydi.

2018 yil davomida O‘zbekiston nogtarial idoralarida 219ta nikoh shartnomalari imzolangan. Umumiy nikohlar soni esa – 311 mingdan ortiq. Qayd etilgan ajralishlar soni – 32 mingta.

Yangiliklar lentasi
0