06:23 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
886 0 0

Psixolog Eldor Akbutin oʻsmir qizlarning uydan qochib ketish sabablarini sanab oʻtdi va tegishli maslahatlarni berdi.

TOSHKENT, 06 fev – Sputnik. Sputnik Qirgʻiziston radio efir chogʻida psixolog Akbutin soʻnggi paytlarda unga uyidan qochib ketayotgan oʻsmir qizlar onalari murojaat qilishayotganini maʼlum qildi.

“Bolalar 2-3 kun, baʼzida esa bir-ikki haftalab yoʻqolib qolishadi. Shunday holatlar ham boʻladiki, qarindoshlarning militsiyaga murojaat qilishlariga toʻgʻri keladi. Koʻpincha bunday oilalarda ona, kam hollar esa ota boʻlmaydi. Roʻzgʻorning barcha tashvishi va bolalar tarbiyasi bilan yolgʻiz shugʻullanishdan boshqa iloj qolmaydi”, - deydi Akbutin.

Uning soʻzlariga koʻra, oʻsmir qizlarni qochib ketishi ota-onani gʻazabga keltiradi. Ona oʻsmirning qiziqishlari va ehtiyojlarini nazarga olmay, oʻzini agressiv tarzda tuta boshlaydi.

“Nima sababdan bola qochib ketayotganini aniqlash oʻta muhimdir. Bu yerda bir necha sabablar boʻlishi mumkin. Shu sabablardan biri  - diktatura”. Ona juda qattiqqoʻl boʻlib, farzandining mustaqil shaxs ekanligini tan olmaydi. Oʻsmirning onasiga irodasi, qaror qabul qilish huquqi borligini isbotlash maqsadida uydan qochib ketishdan boshqa chorasi qolmaydi. U chegaralarini kuchliroq himoyalagan sari, onasi ham kuchliroq bosim oʻtkazadi. Shunda bola meni yaxshi koʻrmaydilar va tushunmaydilar, deb hisoblaydi”, - dedi psixolog.

Psixolog soʻzlariga koʻra, agar oʻsmir qochgan ketgan boʻlsa, vaziyat ogʻirlashgan va bu tashqi belgi, xolos.

“Hozir ham baʼzi narsalarni tuzatish mumkin. Tan olish kerakki, bola allaqachon ulgʻaygan. Axir, bola aynan shuni isbot qilish va koʻrsatishga urinmoqda. Shuningdek, xulq-atvor va muomilani oʻzgartirish lozim. Tasavvvur qiling, qizingiz 25 yoshda va u oila qurishi, farzand koʻrishi, biror joyga ketishi va hokazolar qilishi mumkin. Yaʼni u shaxs sifatida shakllangan, sizning oldingizda oʻz xarakteriga ega boʻlgan inson turibdi va uni oʻzgartirishni iloji yoʻq. Shuni yodda tutish muhimki, qoʻlingizdan keladigan ishni siz taxminan 10-12 yoshgacha qilib boʻlgansiz. Qiz keyinchalik deyarli oʻzi yoʻlida davom etadi. Onaning roli qizi qanday boʻlsa, shundayligicha qabul qilish va doʻstlik munosabatlarini saqlashga urinishdan iborat boʻladi. Axir, oʻshandagina qiz xursandchiligini baham koʻrish yoki unga yordamingiz va daldangiz kerak boʻlganda yoningizga kelishi mumkin”, - deydi Akbutin.

U ona yoki ota oʻz hukmronligini oʻrnatishda davom etsa, bu bolani yiroqlashtirib, qolgan munosabatlarga putur yetkazishini taʼkidlab oʻtdi.

 “Oʻsmir nima xohlashini anglashga va oʻzaro kelishuv erishish yoʻllarini topishga harakat qiling. 3-5 yil oʻtib, qiz ulgʻayishi va uni umuman toʻxtatib qolishning imkoni boʻlmasligini bilish muhimdir. Oʻshanda siz uning hayotini bari bir nazorat qila olmaysiz, biroq, shu bilan birga uning ishonch va mehr-muhabbatidan ayrilib qolasiz”, - dedi psixolog.

U agar bu tavsiyalarni qoʻllash yordam bermasa, ehtimol, muammoni hal etishda tajribali psixolog koʻmagi lozim boʻlishini taʼkidladi.

Asosiy mavzular