08:02 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
458 0 0

Aksariyat holatlarda noqulay ob-havo sharoiti mamlakatning uzoq hududlarida yashovchi fuqarolarni oʻz vaqtida chaqiruv va yigʻin punktlariga yetib kelishlariga toʻsqinlik qilmoqda.

TOSHKENT, 06 fev – Sputnik. Harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlarini yilning fevral—mart oylarida oʻtkazilishi chaqiruv va yigʻin punktlari xonalarida belgilangan issiqlik haroratini taʼminlashda qator qiyinchilik va sarf-harajatlarning ortishiga olib kelmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, aksariyat holatlarda noqulay ob-havo sharoiti mamlakatning uzoq hududlarida yashovchi fuqarolarni oʻz vaqtida chaqiruv va yigʻin punktlariga yetib kelishlariga toʻsqinlik qilmoqda. Shuningdek, qish mavsumidagi yoʻllar holati olis hududlarda yashovchi fuqarolarning chaqiruv tadbirlarida toʻliq ishtirok etishini qiyinlashtirmoqda.

Harbiy xizmatga chaqiruv bahor oylariga koʻchirilishi mumkin

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va sohaga oid meʼyoriy hujjatlar ijrosini taʼminlash,
2019 yil chaqiruvini sifatli oʻtkazish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda bir qancha ishlar amalga oshirildi.

“Chaqiruv davrining qish mavsumidan bahor mavsumiga oʻtkazilishi natijasida muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirishga doir sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda noqulay ob-havoda kutish punktlarida ularni kuzatish uchun kelgan ota-onalarga qulayliklar yaratib beradi”, - deyiladi xabarda.

Chaqiruv tadbirlarini oʻtkazish davrida yildan yilga takrorlanib kelayotgan kamchiliklar va yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ortiqcha sarf-harajatlar hamda eng avvalo, fuqarolarga qulayliklar yaratishni inobatga olgan holda Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018 yil 28 noyabrda oʻtkazilgan kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida Oʻzbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan fuqarolarni zaxiraga boʻshatish muddatini yilning fevral-mart oylaridan mart-aprel oylariga oʻtkazish taklifi berilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun yangi koʻrinishdagi, zamonaviy, qulay va ixcham kiyim-boshlar yaratilayotgani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular