06:29 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
288 0 0

Toshkentda qamoqdan qochib bosqinchilik qilgan retsidivist jinoyatchilarga 15 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi berildi.

TOSHKENT, 6 fev – Sputnik. Biroz oldin Toshkent shahridagi xonadonlarda birida bosqinchilik sodir etilgan edi, deb xabar qildi Oʻzbekiston televideniyesining "Zamon" dasturi. 

Bir guruh niqobli kishilar xonadonga bostirib kirib, uy egalarini oyoq va qoʻllarini skoch bilan bogʻlab, oʻldirish bilan poʻpisa qilib 80 mln soʻmlik pul va qimmatbaho buyumlarni oʻgʻirlab ketishadi.  

Oradan biroz oʻtib jinoyatchilar qoʻlga olinadi va ushbu jinoyatni Olmaliq tumanidagi jazoni oʻtash muassasasidan qochib ketgan 4 nafar mahbus amalga oshirgani maʼlum boʻladi. Ushbu shaxslar oldin ham qasddan odam oʻldirgani, talonchilik qilgani uchun bir necha bor qamoq jazosiga mahkum etilgani maʼlum boʻladi.

Jinoyat ishini har tomonlama oʻrganib chiqqan Olmazor tuman sudi ushbu jinoyatchilarni oʻta xavfli retsidivistlar deb topdi va ularni 15 yildan 20 yilgacha kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlandi. Jazo muddatini qattiq tartibli koloniyalarda oʻtashi belgilandi.

Asosiy mavzular