Pivo o‘ldiradi - olimlar ko‘pikli ichimlikning o‘ta xavfli zararini aniqladilar

© Sputnik / Oksana DzadanPivnoy festival Latviabeerfest 2016 v Rige.
Pivnoy festival Latviabeerfest 2016 v Rige. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadqiqotchilar pivo nima sababdan aroqdan ko‘ra xavfliroq va zararliroq ekanini tushuntirdilar

TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Bugungi kunda pivo yoshlar uchun alkogolli ichimlik emas, balki muloqot, yoqimli muloqot uchun o‘ziga xos vositachi qo‘shimchaga aylanishga ulgurdi. Shu bois, yoshlar qay tarzda unga ko‘nikib qolayotganliklarini, qay tarzda o‘zlari uchun zararli bo‘lgan odatni paydo qilayotganliklarini sezishmayapti, deb xabar qiladi Sputnik Moldova.

Pivo ishlab chiqaruvchi zavod - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda pivo ishlab chiqaradigan yangi zavod quriladi

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) statistikasiga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlari bugungi kunda kishini o‘ziga tobe qiluvchi narsalardan ko‘ra ko‘proq insonlar hayotiga zomin bo‘lmoqda. Bir yil davomida spirtli ichimliklar uch yarim million kishini o‘ldirmoqda. Ayrim olimlar alkogol va sigaretlarni og‘ir narkotiklarga tenglashtirib, ularni iste’mol qilish va aylanmasini ta’qiqlashni taklif etishmoqda.

Britaniyalik olim Devid Nattaning o‘n yil oldingi qiyosiy tadqiqotlari alkogol psixofaol moddalar beshligiga kirishini va o‘ziga tobe qilish xususiyatiga egaligini tasdiqlagan. Alkogol bu xususiyatda faqatgina geroin, krek va kokaindan ortda turadi.

Aytgancha, tamaki ham shu beshlik ro‘yxatidan joy olgan. O‘limga olib kelish bo‘yicha esa alkogol barcha narkotiklarni ortda qoldiradi, deydi Qozon davlat tibbiyot universiteti professori, narkolog, tibbiyot fanlari doktori, BSST eksperti Vladimir Mendelevich.

Yaqinda sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqot alkogol tobeligi juda tez - ilk qultumdanoq shakllana boshlashini ko‘rsatgan. San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti neyrofiziologlari bir sutka davomida kemiruvchilarning bir guruhini 20 foizli spirt, ikkinchi guruhini esa faqat suv bilan boqqanlar.

Ertasiga alkogol ta’mini tatib ko‘rgan hayvonlar fiziologik tobelikning barcha xususiyatlarini namoyon etganlar, ularning miyasida esa kayf gormoni - dofaminga ta’sirchan bo‘lgan D1 dofamin retseptorlari yuqori faolligi kuzatilgan.

Likero-vodochniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Aroq, pivo va tamaki ishlab chiqaruvchilari sport solig‘i to‘laydi

Indiana universiteti Tibbiyot maktabi tadqiqotchilariga ko‘ra, miyaning dofaminergik tizimi - ya’ni rag‘batlantirish tizimiga eng kuchli ta’sirni pivo ko‘rsatadi. Uning ta’mi, tarkibida alkogol miqdori qanchaligidan qat’i nazar, organizmda dofamin gormoni "otilishini" hosil qiladi.

Olimlar 49ta ko‘ngillilarni ketma-ket mashhur kompaniya ishlab chiqargan pivo va energetik ichimlik bilan mehmon qilishgan. Tadqiqotda qatnashganlarning miyasi skaner qilinganida, pivo ta’mi (uning gradusi qancha bo‘lishidan qat’i nazar) energetikka nisbatan organizmda ko‘proq dofamin moddasi yoyilishini keltirib chiqarganini ko‘rsatgan. Oilasida qachonlardir alkogolga ruju qo‘ygan odamlar bo‘lgan ishtirokchilarda esa maksimal ta’sir kuzatilgan.

Umuman olganda, professional narkologlar fikriga ko‘ra, inson u nima ichishidan qat’iy nazar piyanistaga aylanishi mumkin.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, spirtli ichimlik iste’molining xavfsizlik darajasi bo‘lmaydi. Shu bois ham spirtli ichimlikni mutlaqo iste’mol qilmagan afzal.

Pivoga ruju qo‘ygan yoshlarda esa alkogol ta’siridagi fe’l-atvorga ko‘nikish, o‘z tengdoshlari va yaqinlariga muomala shakli o‘zgarishi singari o‘zgarishlar paydo bo‘lar ekan. Ya’ni o‘smirda ko‘pikli ichimlik dam olishga yordam beradi, degan fikr paydo bo‘ladi va u relaksatsiyaning shu turiga ko‘nikish hosil qilishni boshlaydi. Bora-bora bu odatga qanday qilib o‘rganib qolganini o‘zi ham sezmay qoladi. Eng achinarlisi, o‘smir bu odatdan hech qachon qutula olmaydi.

Narkolog so‘zlariga ko‘ra, pivoga ruju qo‘yish shaxsda sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi, uning o‘zini tutishi, psixologiyasi o‘zgaradi va natijada jismoniy sog‘lig‘iga ham bu albatta, ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Ammo shuni ham hisobga olish kerak-ki, alkogol tobelik paydo bo‘lishiga eng avvalo genetik moyillik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0