06:47 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
105911

1997 yildan 2018 yillarga qadar u terroristik tashkilotning "ayollar qanoti"da boʻlgan, jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun tayyorgarlikdan oʻtgan, Tojikiston, Afgʻoniston va Pokiston davlatlarida boʻlgan

TOSHKENT, 6 fev - Sputnik. Jangarilar safida 20 yildan ortiq vaqt yashagan Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytdi, deb xabar qilindi "Oʻzbekiston-24" telekanalida.

Syujetda aytilishicha, 1997 yil Zumrad Ollaberganova, erining vaʼdalariga ishonib, Oʻzbekistondan chiqib ketgan va "Oʻzbekiston Islom harakati" xalqaro terroristik tashkilotining jangarilarni tayyorlovchi lageriga yoʻl olgan.

1997 yildan 2018 yillarga qadar u terroristik tashkilotning "ayollar qanoti"da boʻlgan, jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun tayyorgarlikdan oʻtgan, Tojikiston, Afgʻoniston va Pokiston davlatlarida boʻlgan.

Eng dahshatlisi, terroristik tashkilot faoliyatiga u oʻz dilbandi Muhammadyoqub Ollamovni ham jalb qilgan. Bolaga sodir boʻlayotgan voqealarni videoga olish, ularni Internetga joylashtirish va bu orqali odamlarda tashkilotga nisbatan qiziqishni orttirish va shu yoʻl bilan tashkilot aʼzolari safini kengaytirish vazifasi yuklatilgan.

Juda yosh boʻlgan Muhammadyoqub terroristik tashkilot tarkibida Pokiston hukumat qoʻshinlariga qarshi olib borilgan janglarda halok boʻlgan.

Ayolning turmush oʻrtogʻi Norbek Ollamov 1999 yilda bir guruh jangarilar bilan Angrenga hujum qilgan vaqtda yoʻq qilingan. Zumrad Ollaberganova 2000-yilda shariat qonunlariga muvofiq boshqa jangari - Baxtiyor Navruzmatov bilan turmush quradi va qizi Sumayani dunyoga keltiradi.

Shundan soʻng Zumrad Ollaberganova, boshqa ayollar singari Pokistonning Vana qishlogʻi (Janubiy Vaziriston)ga koʻchiriladi. Bu yerda u yana bir qizi - Sojidani dunyoga keltiradi. Bunday shart-sharoitlarda yashash nafaqat ayol, balki uning farzandlari uchun ham doʻzaxga aylanadi.

"Ularning maqsadlari haqida xabar topganimdan keyin men Vatanga qaytish yoʻllarini izlay boshladim, qarindoshlarim bilan aloqaga chiqdim. Soʻngra yana kurash va urushlarga toʻlgan ogʻir hayot boshlandi. 2015 yilda biz bu guruh bilan Afgʻonistonga qaytdik. Agar kimdir qaytish haqidagi xohish-istagini aytgudek boʻlsa, ularni shu jryning oʻzida otib tashlashar yoki bolalarini tortib olishar edi. Xudoga shukrki, 2018 yilning iyulida biz bolalarimiz bilan Oʻzbekiston konsulligiga murojaat qildik va pushaymonligimizni yetkazdik", - deb aytgan ayol.

Chegarani kesib oʻtgan va farzandlari bilan eson-omon Oʻzbekistonga yetib kelgan ayol allaqachon oʻz xatolarini anglagan. Endilikda uning oldida turgan asosiy ish - jamiyatga, sogʻlom hayot tarziga qaytish.

Olti nafar voyaga yetmagan farzandning onasi ekanligini inobatga olib, qolaversa xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan berilgan kafillik xatlari tufayli oʻz xatosiga chin dildan iqror va pushaymon boʻlgan ayolga nisbatan ozodlikdan cheklash qarori chiqarilgan.

Asosiy mavzular