08:56 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Torgovlya myasom

Hayvon soʻyish va aholiga goʻsht yetkazib berishga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

© Flickr / Chris Price
Jamiyat
Havola olish
82110

Prokuratura, IIV, Soliq, Veterinariya qoʻmitalari tomonidan kasalligi sababli majburiy soʻyilgan va xarom oʻlgan hayvonlarning goʻshti va boshqa mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarni aniqlab, ularning faoliyatiga chek qoʻyish va ularga nisbatan keskin choralar koʻriladi.

TOSHKENT, 6 fev – Sputnik. Davlat Veterinariya qoʻmitasi tomonidan “Hayvonlarni soʻyish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda isteʼmol bozoriga goʻsht va goʻsht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Ushbu qaror loyihasida “Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotishga nisbatan veterinariya-sanitariya qoida va meʼyorlari” va  “Ixtisoslashgan soʻyish korxonalariga nisbatan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va meʼyorlari” tasdiqlash qayd etilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat markazlarini yanada koʻrkam va obod qilish, jozibadorligi va turistik salohiyatni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholiga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida shaharlar hududida faoliyat koʻrsatayotgan hayvonlarni soʻyish korxonalarini boshqa faoliyat turiga moslashtirish yoki shaharlar hududidan chiqarish (shaharning chekka hududlarida va kichik sanoat xududlarida sanitariya-ximoya zonalari saqlangan holda tashkil etilgan mexanizatsiyalashgan ixtisoslashgan soʻyish korxonalari bundan mustasno) taklifiga rozilik berilsin”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Qaror loyihasida joylarda mavjud hayvon soʻyishga moʻljallangan korxonalarni (qushxonalarni) inventarizatsiyadan oʻtkazib, qaror talablariga muvofiqligini oʻrganish hamda ixtisoslashgan mini soʻyish korxonalariga aylantirish yoki belgilangan tartibda faoliyatini toʻxtatish choralari koʻrish nazarda tutilgan.    

“- hayvonlarni soʻyish xizmatlarini yoʻlga qoʻyishda ixtisoslashgan va mini soʻyish korxonalarini tashkil etish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;

- ixtisoslashgan soʻyish korxonalari oʻz mablagʻlari hisobidan ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatini tashkil etadi va unga malakali mutaxassislarni jalb qiladi;

- ixtisoslashgan soʻyish korxonalarining veterinariya mutaxassislari, qassoblar va boshqa texnik xodimlari belgilangan tartibda malakasini oshiradi va malaka oshirmagan xodimlarni faoliyat yuritishi taʼqiqlanadi,” – deyilgan qaror loyihasida.

Davlat veterinariya qoʻmitasi bir oy muddatda mini soʻyish korxonalariga nisbatan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va meʼyorlarini ishlab chiqish topshirigʻi berilgan.

Qaror loyihasida aytilishicha, prokuratura organlari, IIV, Soliq, Veterinariya qoʻmitalari kasalligi sababli majburiy soʻyilgan va xarom oʻlgan hayvonlarning goʻshti va boshqa mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarni aniqlab, ularning faoliyatiga chek qoʻyish va ularga nisbatan keskin choralar koʻriladi.

Asosiy mavzular