14:41 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
21510

Kerakli hujjatning yoʻqligi fuqarolarning u yoki bu huquqlarining cheklanishiga olib keladi.

TOSHKENT, 6 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq roʻyxatdan oʻtkazilmagan oilalar borligi aniqlandi, deb yozadi UzA Davlat xizmatlari agentligi maʼlumotlariga asosan.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida Oʻzbekistonda 9988 nafar hujjatsiz bolalar borligi aniqlangan. Bugungi kunda ulardan 7712 nafariga shaxsni aniqlovchi hujjatlar berilgan.  

Shuningdek, FXDYO xodimlari bilan birgalikda oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekistonda 10 024 oila roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi aniqlangan. Tadbir doirasida ushbu oilalardan 6,5 mingtasiga kerakli hujjatlar berilgan.

Yuqoridagip muammolar ayniqsa katta shaharlardan uzoq boʻlgan qishloqlarda koʻp uchrashi aniqlangan. Kerakli hujjatning yoʻqligi fuqarolarning u yoki bu huquqlarining cheklanishiga olib keladi. Ayniqsa, bu bolalarga taaluqli. Kerakli hujjati boʻlmagan bolani bogʻcha yoki maktabga joylashtirish katta muammolarga olib keladi, - deb yozadi UzA.  

Asosiy mavzular