O‘zbekiston jurnalistlari bepul guvohnoma oladigan bo‘ldilar

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishRabota jurnalistov
Rabota jurnalistov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Guvohnoma jurnalistning haqiqatan professional kasb egasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

TOShKENT, 06 fev – Sputnik. 2019-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi jurnalistining umume’tirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etish bo‘yicha meyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish rejalanmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Facebook᾽dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Internet va axborot xavfsizligi: O‘zbekistonda yana bir davlat inspeksiyasi tashkil etildi

Ta’kidlanishicha, ushbu guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID karta ko‘rinishida bo‘lib, unda guvohnoma egasi haqida ma’lumot, fotosurat, himoyalangan shaxsiy shtrix-kod mavjud bo‘ladi.

“Milliy guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan jurnalistlarga bepul taqdim etiladi. Guvohnoma jurnalistning haqiqatan professional kasb egasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi”, - deya yozgan Allamjonov

Shuningdek, mazkur guvohnoma jurnalistlarga kasbi yuzasidan vazirliklar va boshqa davlat idoralariga, jamoatchilik va madaniy joylarga (ko‘rgazma, teatr, kinoteatr, muzey, konsert, ko‘ngilochar va dam olish hududlari, sport musobaqalari va boshqa ommaviy tadbirlar) to‘siqlarsiz kirish, axborot olish, materiallarni tayyorlash va tarqatishda hamkorlik qilish, shuningdek, vazirliklar va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda idoralarning ichki tadbirlarida ishtirok etish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0