23:32 18 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Muxammadyusuf Anvarov

Besh yoshli oʻzbekistonlik bolakay Moskvada oltin medal oldi

© IA "Jaxon"
Jamiyat
Havola olish
723 0 0

Besh yoshli oʻzbekistonlik bolakay Moskvada mental arifmetika boʻyicha boʻlib oʻtgan olimpadada oltin medal oldi.

TOSHKENT, 7 fev – Sputnik. Besh yoshli oʻzbekistonlik bolakay Moskvada mental arifmetika boʻyicha  boʻlib oʻtgan umumrossiya musobaqasida oltin medal sohibi boʻldi, deb xabar qilmoqda "Jahon" axborot agenetligi.

IV Umumrossiya mental arifmetika musobaqasiga butun dunyodan 500 dan ortiq 5-13 yoshli iqtidorli bolalar jamlanishdi. Musobaqa shartiga koʻra  “kichik geniy”lar 8 daqiqa ichida 200 dan ortiq arifmetik mashqlarni bajarishlari kerak edi.

Oʻzbekistonlik 5 yoshli Muxammadyusuf Anvarov oʻz qobiliyati bilan hayʼat aʼzolarini taajubga soldi. U boshlangʻich kategoriyada (Beginner) oltin medal sohibi boʻldi.

Hayʼat aʼzolari aytishiga qaraganda, Muhammadyusuf yecha olgan misollarni har qanday katta yoshli kishi ham yecha olmaydi. Mental arifmetika bir vaqtning oʻzida inson miyasining ikkala yarim sharlarini ham rivojlantiradi.

Chempionning onasi Nozima Anvarova ushbu yutuqlar uchun Muhammadyusufning oʻqituvchisi Elmira Arapovaga minnatdorlik bildirdi.

Aytish joizki, bu  Muhammadyusufning birinchi gʻalabasi emas. Mental arifmetika boʻyicha 2018 yilning may oyida boʻlib oʻtgan musobaqada ham u yubirinchilikni egallagan edi.

Asosiy mavzular