00:54 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
350 0 0

Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi negizida Transport vazirligi tashkil etildi.

TOSHKENT, 8 fev – Sputnik. Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi.

Vazirlik avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Quyidagilar vazirlikka oʻtkazildi:

- Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi;

- Fuqaro aviatsiyasi agentligi;

- Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspektsiyasi;

- Hukumat huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspektsiyasi;

- Favqulodda vaziyatlar vazirligining Oʻzbekiston kemachilik registri;

- Hukumat huzuridagi “Oʻzaeronavigatsiya” markazi.

Toshkent shahar Transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti tugatildi.

Quyidagi vazifa, funktsiya va vakolatlar Vazirlikka oʻtkazildi:

- kemalarni roʻyxatga olish, qurish, foydalanish, qayta jihozlash va taʼmirlashga guvohnomalar berish;

- temir yoʻl transportini rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish, temir yoʻl transporti istiqbolli prognozlari, rivojlantirish va obʼyektlarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish;

- temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish sohasida tarif va tranzit siyosatni amalga oshirish;

- sanoat korxonalari harakatdagi tarkiblarining umumiy foydalanishdagi temir yoʻllariga chiqishi uchun ruxsatnomalar berish.

Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi tashkil etildi.

“Transport toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasida 2025 yilgacha transportni rivojlantirish kontseptsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.

Eslatib oʻtamiz, Ochilboy Ramatov Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri sifatida tayinlangandi.

Asosiy mavzular