01:25 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
677 0 0

Rossiya Federatsiyasida koʻcha tozalovchi boʻlib ishlovchi va tomdan qor kurayotganida yiqilib vafot etgan fuqarolardan birining qarindoshining Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaati ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan edi.

TOSHKENT, 8 fev – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamenti ushbu masala yuzasidan bayonot berdi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2019 yilning 5 yanvarida mamlakatimiz fuqarosi Otabek Boltayevning Moskva shahridagi fojiali oʻlimi va buning ortidan OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab chiqishlar boʻlgani oqibatida paydo boʻlgan vaziyatdan xabardor”, - deyilgan bayonotda.

Bayonotida aytilishicha, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Konsullik boʻlimi maʼlumotlariga koʻra, marhumning qarindoshi sifatida oʻzini tanishtirgan Bahodir Ahmedov 2019 yilning 9 yanvarida, yaʼni Elchixonaga murojaat qilishidan bir kun avval (O.Boltayev ishlab kelgan) “Jiliщnik Presnenskogo rayona” davlat byudjet korxonasi rahbariyatidan transportirovka va dafn uchun 100 ming rubl (1,5 ming AQSH dollariga yaqin) mablagʻni imzo qoʻyib olgan. Bu holatda ritual xizmatlar va aviatashish xizmati narxi 50 mingdan 100 ming rublgacha miqdorni tashkil etadi.

Bundan tashqari, “Jiliщnik Presnenskogo rayona” davlat byudjet korxonasi direktori I.N.Kostin buyrugʻiga koʻra, O.Boltayevning rafiqasi — SH.Boltayeva nomiga B.Ahmedov tomonidan taqdim etilgan bank kartochkasiga 250 ming rubl miqdoridagi birdan toʻlanadigan moddiy yordam oʻtkazib beriladi.

Rabota politsii Kazaxstana
IA "Novosti-Kazaxstan", Anatoliy Ustinenko

TIV bayonotiga koʻra, Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksining 220-, Fuqarolik kodeksining 1084- va 1088-moddalariga binoan, mehnat vazifalarini bajarayotgan chogʻda sogʻligiga ziyon yetkazilgan shaxslarning koʻrgan zararlarini qoplash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Shunday qilib, B.Ahmedov Elchixonaga murojaat qilishdan avval O.Boltayevning jasadini joʻnatish uchun yetarli mablagʻga ega boʻlgan va uning moliyaviy qiyinchiliklar borasidagi vajlari haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

“Elchixonaning konsullik boʻlimi O.Boltayevning qarindoshlari tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan summalarning olinganligi yoki boquvchisining yoʻqotilganligi sababli ish beruvchi tomonidan yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish, shuningdek, xavfsizlik texnikasi yetarli darajada taʼminlanmagani uchun aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha (Rossiyada mavjud qonunchilikka muvofiq) huquqni muhofaza etuvchi organlarga ariza berishgani haqida axborotga ega emas.

O.Boltayevning oila aʼzolari yoki ularning qonuniy vakili rasmiy murojaat qilgan taqdirda Oʻzbekiston TIV konsullik-huquqiy departamenti ularning qonuniy huquqlari va marhumning oilasining manfaatlarini himoya qilishga tayyorligini bildiradi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi PQ–3839 sonli “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshida xorijda mehnat faoliyati olib borayotgan fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash fondi tuzilgan.

Mazkur hujjat bilan mehnat migratsiyasi davrida vafot etgan oʻzbekistonlik fuqarolarning jasadlarini tashib keltirish boʻyicha xarajatlar oʻsha Fond tarafidan qoplab berilishi nazarda tutilgan”, - deyiladi departament xabarida.

Asosiy mavzular