02:20 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
1033 0 0

Toshkentda havo oʻzgarib, 10 va 12 fevralda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, 11 va 13 fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

TOSHKENT, 8 fev – Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazi 10-13 fevral kunlari Oʻzbekistonda boʻladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

QORAQALPOGʻISTON

Havo oʻzgarib turadi, 10 va 13 fevralda baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 11-12 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 fevralda kechasi 2  daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 13 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, 10 fevralda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, 11 va 13 fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 12 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12-13 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 10 va 12 fevralda 10-15 daraja iliq, 11 va 13 fevralda 7-12 daraja iliq boʻladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, 10 va 12 fevralda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, 11 va 13 fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12-13 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 12 fevralda 10-15 daraja iliq boʻladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, 10 va 12 fevralda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, 11 va 13 fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 va 13 fevralda 2-7 daraja iliq, 11-12 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 12 fevralda 12-17 daraja iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, 10 va 12 fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 11 fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 13 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 fevralda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 11-13 fevralda 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 10-11 fevralda qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10 fevralda 0-5 daraja iliq, 11-13 fevralda 3-8 daraja iliq boʻladi.

Asosiy mavzular