01:00 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
995 0 0

Birinchi apreldan hokimliklar mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar organlarining patrul-post, yoʻl-harakati xavfsizligi, profilaktika va xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalarini tashkil etishga haqli boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 8 fev – Sputnik. “Ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlarni koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Qaror loyihasiga koʻra, 2019 yil 1 apreldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar organlarining patrul-post, yoʻl-harakati xavfsizligi, profilaktika va xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalarini tashkil etishga haqli boʻlishi mumkin.  

Ichki ishlar organlarining davlat yoʻl harakati xavfsizlik xizmatiga yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida haq evaziga ularning avtotransport vositalarini kuzatib borish xizmatini koʻrsatish vakolati berilishi mumkin.

Shuningdek, tadbirkorlik subʼyektlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari bilan shartnomaviy-huquqiy asosda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun xoʻjalik mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar organlari boʻlinmalari shtatlarini tashkil etishga haqli boʻladi.

Hujjat loyihasiga Ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlarni mahalliy hamda xoʻjalik hisobidan amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom ilova qilingan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimiyatining 2019 yil 1 maydan:

2020 yil may oyiga qadar Toshkent viloyatida tajriba tariqasida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq ommaviy tadbirlarga shu jumladan, qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshiriladigan tadbirlarga Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklarining ishlamaydigan pensionerlarini 2 haftadan kam boʻlmagan, lekin 6 oydan ortiq boʻlmagan muddatga shartnoma asosida jalb etish”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Ichki ishlar va Moliya vazirliklari ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek davlat yoʻl harakati xavfsizlik xizmati tomonidan yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini kuzatib borish borasidagi xizmatlar tarifini va shartnomalar namunalarini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Jamoat ishlariga jalb etilgan pensionerlarning ish haqini oʻtkazib berish uchun Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasining maxsus hisob raqami ochish ham koʻzda tutilmoqda.

Asosiy mavzular