03:52 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Radar na doroge v Tashkente

IIBB “noqonuniy oʻrnatilgan” mobil radar haqidagi videoga izoh berdi

Press-slujba GUVD Tashkenta
Jamiyat
Havola olish
103710

IIBB qonunni mukammal bilmasdan turib, uning buzilganligi haqidagi videolarni internetda tarqatmaslikni soʻradi.

TOSHKENT, 10 fev – Sputnik. Toshkent shahar IIBB fuqaro Zuhriddin R. Tomonidan suratga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolavhaga izoh berdi.

Bir necha kun oldin taksi haydovchisi Zuhriddin R. Tomonidan suratga olingan video “radar yashirin ravishda oʻrnatilgan” va “YPX inspektori xususiy mashinada oʻtiribdi” degan izohlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilgan edi.

Prestupnik za reshetkoy
© Sputnik / Yekaterina Chesnokova

Bunga javoban Toshkent shahar ichki ishlar boʻlimi Oʻzbekiston qonunchiligiga asoslangan holda – “Xodim shaxsiy avtomobilda boʻlish huquqiga ega edi” va “Mobil radarni avtomobil orqasiga oʻrnatish mumkin”, - deb javob berdi.

Undan tashqari radarning muvofiqlik sertifikati haqidagi savollarga IIBB – ushbu sertifikatni faqat javobgarlikka tortilgan shaxslar talab qilish huquqiga ega deb  javob bergan.

Shundan soʻng IIBB ushbu videoni suratga olgan haydovchi Zuhriddin R.ning oʻzi ham soʻnggi 6 oy davomida 4 marotaba jarimaga tortilgani, lekin ularning birortasini ham toʻlamaganini aniqlagan. Aslida, tekshiruv vaqtida jarimalarni 60 kun ichida toʻlanmagan avtomobillar aniqlansa ular jarima maydonchasiga joylashtirilishi lozim.

Yuqorida keltirilgani kabi soxta materiallarni bilib bilmay internetda tarqatish Ichki ishlar xodimlarining huquq va majburiyatlari haqida notoʻgʻri xulosaga kelishga, ularning obroʻyiga putr yetkazishga olib keladi. Undan tashqari kelajakda ushbu kabi xabarlar YPX xodimlari va odamlar orasida nizo keltirib chiqarishi yoki ommaviy boʻysunmaslikka olib kelishi mumkin. Ushbu kabi faoliyat uchun qonunda jazo ham belgilangan, - deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

"Agar siz YHXB YPX xodimi oʻz kasb vakolatlarini oshirdi yoki qonunni buzdi degan fikrda boʻlsangiz, yoʻl yuzida janjal uyushtirish shart emas, qolaversa siz qonunchilik bazasidan bexabarligingiz sababli nohaq boʻlishingiz mumkin. Fuqaro tutishi mumkin boʻlgan eng afzal yoʻl - bu toʻgʻrisida bizga aloqa kanallaridan biri orqali xabar berish. IIBB faktlarni tekshirib, choralar koʻradi. Muammolarni hal etishning madaniyatli usullarini tanlang", - deyilgan xabar soʻngida. 

IIBB xabarining toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Asosiy mavzular