00:30 19 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Baxodыr Kurbanov

Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston Mudofaa vaziri etib tayinlandi

Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
80910

Bundan avval Bahodir Qurbonov Mudofaa vaziri oʻrinbosari lavozimida boʻlgan.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik.  General-mayor Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Sputnik agentligiga Mudofaa vazirligida xabar qilishdi.

“Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda tegishli farmon prezident tomonidan imzolangan”, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Bahodir Qurbonov bundan avval, 2018 yil fevralidan Toshkent shahri, poytaxt va Sirdaryo viloyatlari hududini oʻz ichiga olgan Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. 

Ungacha 2015 yil dekabridan poytaxt IIBB rahbari, Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatgan. 

Bundan avval, Abdusalom Azizov Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlanganligi haqida xabar bergandik.

Asosiy mavzular