Sentabr oyidan MGIMOning Toshkentdagi filiali faoliyatini boshlaydi

© Sputnik / AlexTikhomirovLogotip MGIMO
Logotip MGIMO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bahorda Toshkent shahrida MGIMO bitiruvchilarining “Birgalikda kelajak sari” nomli V Xalqaro forumini o‘tkaziladi.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO)ning Toshkent filiali joriy yilning sentabr oyida o‘z faoliyatini boshlaydi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov Toshkentda MGIMO filiali ochilishini xabar qildi

Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabar Abduvaxitovning MGIMO prorektori Artom Malgin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda bahorda Toshkent shahrida MGIMO bitiruvchilarining V Xalqaro forumini o‘tkazish va institut filialini ochish bilan bog‘liq amaliy jihatlar muhokama qilindi. “Birgalikda kelajak sari” nomli MGIMO bitiruvchilarining Birinchi Umumjahon forumi 2013-yilda Boku shahrida o‘tkazilib, unda mazkur ta’lim muassasasining 25 davlatdan kelgan 400 ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etgan.

“MGIMOning Toshkent filiali joriy yilning sentabr oyidan bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha to‘laqonli faoliyat ko‘rsata boshlashi rejalashtirilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Toshkent shahrida MGIMO filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi, jumladan, binoni ta’mirlash va o‘quv anjomlari bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0