23:14 18 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Zdaniye ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana

Koreyalik mutaxassis Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziriga oʻrinbosar etib tayinlandi

Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniya
Jamiyat
Havola olish
159 0 0

Koreyalik mutaxassis shu vaqtga qadar Koreya Respublikasining Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligida demografik siyosat boʻyicha vazirning oʻrinbosari edi.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentning qarori bilan Dongvuk Li Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Dongvuk Li sogʻliqni saqlash sohasiga ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qoʻllab-quvvatlash masalalariga masʼul boʻladi.

Koreyalik mutaxassis shu vaqtga qadar Koreya Respublikasining Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligida demografik siyosat boʻyicha vazirning oʻrinbosari edi.

Shuningdek, unga xalqaro standartlar va JSST tavsiyalari asosida sohani kompleks huquqiy tartibga solish, tizimni moliyalashtirish va tashkil etish, majburiy tibbiy sugʻurtani joriy etish, davlat-xususiy sheriklik va tibbiy turizmdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlarini yurtimizda qoʻllash, investitsiyalarni jalb etishda qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash hamda "elektron sogʻliqni saqlash" tizimlarini keng tatbiq etish kabi vazifalar ham yuklatildi.

Asosiy mavzular