23:12 18 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Stend s knigami - Izdatelstvo Sharq Ziyokori Kitoblar Markazi direktor Umid Xalikov

Belarusda ikkinchi jahon urushi yillarida halok boʻlgan oʻzbeklar haqida kitob chop etiladi

Iz lichnogo arxiva Umida Xalikova
Jamiyat
Havola olish
180 0 0

Belarusda ikkinchi jahon urushi yillarida halok boʻlgan oʻzbeklar haqida kitobni 9 may kuniga chop etish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Oʻzbekiston va Belarus mutaxassislari hamkorlikda ikkinchi jahon urushi davrida yuz bergan "Xatin voqealari" haqida kitob chop etishadi.

XXVI Minsk xalqaro kitob-koʻrgazma yarmarkasi doirasida "Sharq Ziyokori Kitoblar Markazi" direktori Umid Xalikov va Belarusning yirik kitob savdo tashkiloti - "BELKNIGA" OAJ Bosh direktori A. Vashkevich tomonidan  memorandum imzolandi.

Unga koʻra ikki xalq adabiyot namunalari almashish, kitob savdosini tashkil etish va chet tillarga tarjima qilish koʻzda tutilgan.

"Belorusskaya entsiklopediya imeni Petrusya Brovki" nashriyoti bilan mingdan ortiq oʻzbeklar halok boʻlgan - "Xatin" qishlogʻida yuz bergan mudhish voqealar haqida kitob nashr qilishga kelishib olindi. Ushbu kitobni 9 may arafasida chop etish rejalashtirildi”, - dedi Xalikov.

Asosiy mavzular