Vazirlik va idoralar rahbarlari faoliyatini baholash mezonlari tayyorlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPismennie prinadlejnosti
Pismennie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis palatalarida ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining va ular tomonidan maqsadli vazifalarga erishishda amalga oshirilgan choralar bo‘yicha doimiy hisobotlarni eshitish amaliyotini joriy etiladi.

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. “Ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ular rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlarga erishish samaradorligiga asoslangan baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida” prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Kabinet ministrov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining ayrim tuzilmalari tugatildi

Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ular rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlarga erishish samaradorligiga asoslangan baholashning asosiy mezonlari tasdiqlanadi.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyatining baholash mezonlari eng avvalo, O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlar, qabul qilingan meyoriy-huquqiy xujjatlardan kelib chiqadigan muhim va ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilganligi belgilanadi.

Shu bilan birga, qaror bilan baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi tasdiqladi. Unga ko‘ra:

- ijro etuvchi hokimiyat organlari har yil yanvar oyining 10-sanasigacha qaror talablaridan kelib chiqqan holda, o‘z faoliyatining baholash mezonlari bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

- Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi organlari tomonidan taqdim etilgan baholash mezonlarini iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa sohalarni strategik rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini amalga oshirilishi natijadorligi jihatidan tanqidiy ko‘rib chiqadi;

- Vazirlar Mahkamasi baholash mezonlarini tasdiqlash bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilanadi va uni tegishli meyoriy xujjat bilan har yilning 20-fevraligacha tasdiqlaydi.

Shuningdek, loyihada ijro etuvchi organlarning baholash mezoni yuzasidan tizimli monitoring va nazorat, jumladan Parlament nazorati o‘rnatiladi. Xususan:

- vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan choraklik Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ko‘rib chiqiladi;

17-oe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa RUz - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir o‘rinbosarlari parlament tomonidan tasdiqlanadi

- Oliy Majlis palatalarida ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining va ular tomonidan maqsadli vazifalarga erishishda amalga oshirilgan choralar bo‘yicha doimiy hisobotlarni eshitish amaliyotini joriy etiladi;

Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijro etuvchi organlarning baholash mezoni yuzasidan monitoring natijalarini chuqur tahlili asosidagi choraklik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasiga kiritib borish amaliyoti joriy etiladi.

Mazkur xujjat loyihasini qabul qilinishi barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ular rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlarga erishish samaradorligiga asoslangan holda baholash mezonini joriy etishga mustahkam zamin yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0